Taniqli aktyor Jeki Chan filmi “Avangard” filmini suratga olish jarayonida o‘lib ketishiga bir bahya qolgani haqida so‘zlab berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Gap shundaki, Jeki dengizga sho‘ng‘igan paytda uning oyog‘i tosh ostida qolib ketgan, u uzoq muddat suv ostidan chiqa olmagan.
Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u qattiq qo‘rqib ketgan, hatto qaltiray boshlagan. Birozdan so‘ng hamkasblari uni suv ostidan chiqarib olgan.
“Suv ostidan chiqqanimda rejissor Stenli Tonganing ko‘zlari sevinchdan yoshlandi”, — deydi Jeki Chan.
Izoh (0)