Forbes jurnali 2010—2019-yillar oralig‘ida eng ko‘p daromad olgan sportchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan amerikalik bokchsi Floyd Meyvezer o‘rin oldi, u so‘nggi o‘n yilda 915 million dollar ishlab topgan. Ikkinchi o‘rinda esa 800 million dollar bilan “Yuventus” futbolchisi Krishtianu Ronaldu turibdi. O‘n yilda 750 million daromad topgan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi esa kuchli uchlikdan o‘rin olgan.
Reytingni hisoblashda sportchining maoshi, mukofot va bonus pullari, shuningdek, imij huquqidan tushadigan daromad inobatga olingan. Sportchilik faoliyatini yakunlagandan keyingi daromadlar inobatga olinmagan.
- Floyd Meyvezer (boks) — 950 mln dollar
- Krishtianu Ronaldu (futbol) — 800 mln
- Lionel Messi (futbol) — 750 mln
- Lebron Jeyms (basketbol) — 680 mln
- Rojer Federer (tennis) — 640 mln
- Tayger Vuds (golf) — 615 mln
- Fil Mikelson (golf) — 480 mln
- Menni Pakyao (boks) — 435 mln
- Kevin Dyurent (basketbol) — 425 mln
- Lyuis Hemilton (“Formula-1”) — 400 mln
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)