• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yashnobodda saylovlarga aralashish holati yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda. Voqea joyiga jurnalistlar yetib borgan

    Davomi: Bosh prokuratura Toshkent va Qashqadaryoda saylov jarayonida yuz bergan qonun buzilishi holatlarini “sinchkovlik bilan o‘rganmoqda”

    Toshkent shahar hokimligi Yashnobod tumanidagi saylov uchastkalarida “chernovik” protokollardan foydalanishi holatlari yuzasidan huquq-tartibot organlari bilan birgalikda surishtiruv ishlarini boshlaganini ma’lum qildi. “Chernovik” protokollarga oid yozishmalarning skrinshotlari saylov kuni davomida @saylov_2019bot Telegram-boti orqali saylovdagi qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlarni to‘plab borgan huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev tomonidan e’lon qilingan edi.

    Skrinshotlarda Qudrat Husanov nomidan qoldirilgan yozuvlarni ko‘rish mumkin, unda Husanov ovoz berish jarayoni yakuniga yetishi bilan saylov uchastkalaridagi protokollarning “chernovik” variantlarini zudlik bilan olib kelish haqida topshiriq bergan. “Chernovikdan kopiya ham berilmasinmi?”, degan savolga, u: “Yo‘q, opa, umuman”, deb javob bergan. Yozishmalarda: “Hech kim protokolni rasmga oldirmasin”, degan yozuv ham bor.

    Xushnudbek Xudoyberdiyevning aniqlik kiritishicha, yozishmadagi gap-so‘zlar tuman kengashi deputatligi uchun saylovlarga taalluqli.

    Toshkent shahar hokimligi axborotida tasdiqlanishicha, yozishma haqiqatan ham Yashnobod tuman saylov komissiyasining saylov okruglari mas’ullari uchun ochilgan xos Telegram-guruhda olib borilgan.

    Shahar hokimligi va huquq-tartibot organlari olib borgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, bu yozuvlar haqiqatan ham Yashnobod tumani kadrlar bo‘limi rahbari Qudrat Husanovga tegishli ekani aniqlangan.

    “U haqiqatan ham saylov okruglari mas’ullarini “chernovik” protokollari bilan aytilgan manzilga yetib kelishlarini talab qilgan”, — deyiladi hokimlik axborotida.

    Ayni paytda “chernovik”lardagi ma’lumotlar hech qanday o‘zgarishsiz, nazorat ostida original protokllarga ko‘chirilmoqda.

    Qudrat Husanov hamda boshqa mas’ullarning harakatlari o‘rganilmoqda va saylov natijalariga aralashish holati aniqlansa, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi, deyiladi hokimlik axborotida.

    Markaziy saylov komissiyasi (MSK) ham hodisa o‘rganilayotganini ma’lum qildi. MSK vakillari, huquq-tartibot organlari xodimlari, “Daryo”, “Gazeta.uz”, “Kun.uz” va boshqa nashrlar jurnalistlari, blogerlar va Xushnud Xudoyberdiyevning o‘zi Yashnobod tumaniga yo‘l olgan.

    MSKdan ma’lum qilishlaricha, ushbu surishtiruv ishlarida xorijlik kuzatuvchilar ham hech bir moneliksiz ishtirok etishlari mumkin.

    23.12.2019, 01:26   Izoh (0)   49106
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    22.12.2019, 23:57

    Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda 2019-yilning 11 oyida qancha avtomobil ishlab chiqarilganini ma’lum qildi

    22.12.2019, 22:44

    Mahallalar kengashi raisi: “Partiyalar mahalla tizimiga oid g‘oyalarni ilgari surishmadi”

    22.12.2019, 21:59

    O‘zbekiston parlament saylovlarida saylovchilarning 71,1 foizi ovoz berdi

    22.12.2019, 21:52

    YeXHT DIIHB missiyasi rahbari: “Ushbu saylov — O‘zbekiston uchun o‘z shaffofligini namoyon etish imkoniyatidir”

    22.12.2019, 21:41

    2019-yilgi parlament saylovi — suratlarda

    22.12.2019, 21:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.