21-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda shaxsi noma’lum ikki ayolning o‘zaro suhbati yozilgan audioyozuv tarqalgani bo‘yicha takshiruv boshlandi, deb xabar beradi Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati.
Audioyozuvda maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasini bolalarning zaharlanishi ayblovi orqali lavozimdan ozod qildirish maqsadida yashirin reja haqida so‘z yuritilgan.
Maktabgacha ta’lim vazirligi ushbu holat bo‘yicha tekshiruv boshlaganligini ma’lum qildi. Holatni o‘rganish bo‘yicha barcha ma’lumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilishi aytiladi.
“Tekshiruv natijalari haqida batafsil xabar berib boramiz”, — deyiladi Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati.
Izoh (0)