“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi 2020-yilning bahoridan boshlab Ozarbayjon va Gruziyaga tranzit poyezdlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkentda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston va Turkmaniston temir yo‘llari rahbarlarining besh mamlakat o‘rtasidagi xalqaro multimodal yo‘nalishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
“Multimodal yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi tranzit konteyner poyezdining yo‘lga qo‘yilishi 2020-yilning birinchi choragiga mo‘ljallangan”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuv davomida umumiy tranzit tarif stavkalari va marshrut bo‘ylab yuk tashish uchun shart-sharoitlarni belgilab olindi, logistika infratuzilmasi muhokama qilindi. Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston transport vazirligi raisligida ishtirok etuvchi mamlakatlar temir yo‘llari rahbarlaridan tarkib topgan muvofiqlashtirish qo‘mitasini tuzishga kelishib oldi.
Izoh (0)