Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi (sobiq “Panorama”) to‘liq ta’mirlanadi. Bu haqda “O‘zbekkino” agentligi bosh direktori Firdavs Abduholiqov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.
“Yaqin orada Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyi to‘liq ta’mirlanadi va bunday inshootlar uchun zarur bo‘lgan barcha zamonaviy talab va standartlarga mos ko‘rinishga keltiriladi. Bu turli, jumladan, xalqaro darajadagi tadbirlarni o‘tkazish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar tug‘diradi”, — dedi Firdavs Abduholiqov.
“O‘zbekkino” agentligi bosh direktoriga ko‘ra, mamlakatdagi yirik viloyat markazlarida har birida uchtadan kinozal bo‘lgan markazlar quriladi.
“Bu O‘zbekiston kinoindustriyasini yaqin kelajakda kutayotgan keng ko‘lamli islohotlarning kichik bir qismi”, — dedi Abduholiqov.
Izoh (0)