Angliyaning The Guardian nashri 2019-yilning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi.

Foto: The Guardian

Unga ko‘ra, “Barselona” hujumchisi Lionel Messi yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ikkinchi o‘rinni “Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka uning jamoadoshi Sadio Mane yakun yasagan.

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa to‘rtinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan. Yana bir “Liverpul” vakili Muhammad Saloh kuchli beshlikdan joy olgan.

Mazkur ro‘yxatning ko‘chli o‘nligidan o‘rin olgan futbolchilar bilan tanishing:

  1. Lionel Messi (“Barselona”)
  2. Virjil van Deyk (“Liverpul”)
  3. Sadio Mane (“Liverpul”)
  4. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”)
  5. Muhammad Saloh (“Liverpul”)
  6. Kilian Mbappe (PSJ)
  7. Robert Levandovski (“Bavariya”)
  8. Raxim Sterling (“Manchester Siti”)
  9. Alisson (“Liverpul”)
  10. Frenki de Yong (“Ayaks” / “Barselona”)

To‘liq yuztalik ro‘yxat bilan esa ushbu havolada tanishish mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!