O‘zbekistonning bir qator shaharlarida Toshkent vaqti bilan soat 16:39 da yer silkinishlari sezildi.

Foto: Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi

Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila Afg‘onistonning Hindikush tog‘larida sodir bo‘lgan. Zilzila magnitudasi uning epimarkazida 6 ni tashkil etgan. Uning o‘chog‘i 200 kilometr chuqurlikda joylashgan.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila O‘zbekistonning barcha hududlarida sezilgan. Yer silkinishi kuchi O‘zbekistonning turli shaharlarida 2 balldan 4 ballgacha bo‘lgan:

Теrmiz: 281 km; 4 ball

Toshkent: 524 km; 3 ball

Namangan: 498 km; 3 ball

Andijon: 492 km; 3 ball

Farg‘ona: 434 km; 3 ball

Guliston: 449 km; 3 ball

Jizzax: 444 km; 3 ball

Samarqand: 448 km; 3 ball

Buxoro: 624 km; 3 ball

Qarshi: 472 km; 3 ball

Navoiy: 579 km; 3 ball

Urganch: 1000 km; 2 ball

Nukus: 1124 km; 2 ball