Ayni paytda Rossiyada yashab ijod qiluvchi, kelib chiqishi o‘zbekistonlik xonanda Nargiz Zokirova teleboshlovchi Kseniya Sobchakka intervyu berdi. Intervyu Sobchakning YouTube kanaliga joylashtirildi.
Nargiz Zokirova ushbu intervyuda baxt tuyg‘usini his etish uchun farzand asrab olmoqchi ekanligini ma’lum qildi.
“Men, masalan, qiz yoki o‘g‘il farzand asrab olmoqchi bo‘lsam, rus millatiga mansub bolani olaman. Men bola asrab olishni juda xohlayman. Men bunga tayyorman. Bilaman, genetika o‘z yo‘liga, biroq tarbiya va atrof-muhit bolaning shaxs sifatida shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi”, — deydi Nargiz.
Avvalroq, Nargiz sobiq turmush o‘rtog‘ining o‘limidan so‘ng tushkunlikka tushib qolgani haqida gapirib bergan edi.
Izoh (0)