Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Shavkat Mirziyoyevning tuhmat va haqorat uchun qamoq jazosini bekor qilish haqidagi qarorini olqishlab chiqdi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonov Telegram’dagi rasmiy kanalida ma’lum qildi.

Foto: OSCE

Foto: OSCE

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 22-noyabr kungi yig‘ilishda barcha amaldorlarni OAVni qat’iy hurmat qilish, ular bilan doimiy hamkorlik qilish va kibr-u havoga berilmaslikka chaqirgandi. 17-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan qarorni imzolagani ma’lum qilingandi.

Skrinshot: Telegram

Skrinshot: Telegram
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tuhmat va haqorat uchun qamoq jazosini bekor qilish haqidagi qarorini olqishlayman. Bu OAV erkinligi va rivoji uchun yangi qadamdir.

Biz media erkinlikni ta’minlashga oid qonunchilik islohotlarini diqqat bilan kuzatib boramiz va qo‘llab-quvvatlaymiz

Arlem Dezir, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili

Avvalroq AQSh davlat departamenti Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari byurosi ham o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali O‘zbekiston Prezidentining ushbu topshirig‘ini olqishlab chiqqandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi bog‘chada bolalar oyog‘iga igna tiqilgani ortidan ikki kishi jarimaga tortildi
Dunyo
Lukashenko Kaxovka GESni ukrainaliklar atay portlatganini aytdi va buning “sababini” keltirdi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kanalda oqib ketgan 5 yoshli bolaning jasadi topildi