• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yunusoboddagi metro qurilishida nima bo‘ldi? Asosiy ma’lumotlar

    Yunusobodda yerosti metrosining yangi qurilayotgan qismida 18-dekabr kuni tuproqning qisman ko‘chishi yuz berdi. Voqea mahalliy vaqt bilan soat 10:00 atrofida yuz bergan; hodisa guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, shu vaqt metro qurilishi tarafdan juda baland, portlashga o‘xshash ovoz eshitilgan. Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborotiga ko‘ra, qurilish maydonida 250 metr kub tuproq ko‘chgan. IIV huzuridagi Tergov departamenti keltirgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘chkiga davomiy yomg‘ir sabab bo‘lgan — yomg‘ir suvlari kotlovan (poydevor) oldida suv haydash uchun qurilgan lotok va beton to‘siq orasidagi tuproqni yumshatib yuborgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Hodisa yuzasidan shu kunning o‘zida bosh vazir o‘rinbosari, transport vaziri Ochilboy Ramatov raisligida hukumat komissiyasi tuzildi. Ayni vaqtda hodisa yuzasidan batafsil axborot sezilarli kechikdi, qurilish maydonchasiga yetib borgan muxbirlarga esa tayinli axborot berilmadi (xususan, bu haqda “Gazeta.uz” internet-nashri, Uzreport va Sevimli telekanallari ma’lum qildi).

    Hodisadan so‘ng olti kishining jasadi tuproq ostidan olib chiqildi. Dastlab Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar hozircha yo‘q ekanligini ma’lum qildi. Keyinroq “Gazeta.uz” voqea yuz berganidan so‘ng o‘tkazilgan ilk yo‘qlamada besh kishi chiqmagani, lekin ular boshqa sababga ko‘ra qurilish maydonidan ketgan bo‘lishi mumkinligini yozdi. Keyinroq Uzreport telekanali fojia yuz bergan vaqtda hodisa joyida 20 ga yaqin odam ishlagani haqida xabar tarqatdi.

    Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davomida dastlab 1989-yilda tug‘ilgan Jonibek Ravshanov va Oybek Abdullayevning jasadlari topildi. Keyinroq FVV 1999-yilda tug‘ilgan Davronbek Abdullayev va 1986-yilda tug‘ilgan Anvar Diyorovning jasadlari tuproq ostidan olib chiqilganini ma’lum qildi. 19-dekabrga o‘tar kechasi 1996-yilda tug‘ilgan Ixtiyor Rahmatovning jasadi topildi — shu bilan qurbonlar ro‘yxati yakuniga yetadigandek edi. Biroq 19-dekabr kunduzi FVV hodisaning oltinchi qurboni ham topilganini ma’lum qildi — u 1981-yilda tug‘ilgan samarqandlik Zarif Karimov. Shu bilan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlangani e’lon qilindi.

    E’tiborga molik tomoni, hodisaning hozirgacha topilgan qurbonlaridan to‘rt nafari Qashqadaryodan (uch nafari Shahrisabz tumanidagi Beshkapa qishlog‘idan), ikki nafari esa Samarqand viloyatidan. Eng kattasi (Zarif Karimov) 38 yoshda, eng kichigi (Davronbek Abdullayev) esa 20 yoshda edi.

    Qurbonlarning oilalariga 100 million so‘mdan kompensatsiya beriladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, hodisa qurbonlari yashash manziliga yetkazilgan. “Pudratchi-quruvchi tashkilotlar tomonidan ularning oila-a’zolari va yaqinlariga 100 million so‘mlik dastlabki tovon pullari to‘lab berildi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikka asosan qo‘shimcha kompensatsiya pullari to‘lab beriladi”, — deyiladi vazirlik axborotida. “Gazeta.uz”ning yozishicha, halok bo‘lganlarning yaqinlari 18-dekabrdayoq voqea joyiga yetib kelib, kuni bilan shu yerda bo‘lgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, marhumlarning dafn va motam marosimlarini o‘tkazishda ularning oila a’zolariga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish haqida topshiriq berilgan. Bundan tashqari, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hokimliklari va jamoatchilik vakillari marhumlarning oilasidan xabar olib, zarur yordam ko‘rsatmoqda.

    Hodisa metro quruvchilarining og‘ir sharoitlarda ishlayotganini ko‘rsatdi. “Bu yerga ishga kelgan birinchi kunimdayoq orqaga qaytib ketishni xohlaganman... Bitta vagonda 50 nafardan ko‘proq odam yashaydi. Birinchi kundanoq bizning boshlig‘imiz bir necha xodimni dam olgani va chekkani uchun ishdan haydadi. Yashash sharoitlari va bu yerdagi muhitni ko‘rib o‘sha kuniyoq orqaga qaytib ketishni xohlaganman...Bir kunda 10—11 soatlab ishlaymiz. Ishimiz og‘ir edi”, — dedi Repost nashriga intervyu bergan ishchilardan biri.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Qo‘qon lokomotiv deposida ishlashini aytgan “Fayzbog‘” o‘quvchisi esa avgustdan dekabrga qadar Yunusoboddagi metro qurilishida uch marta 15 kundan ishlab kelgani haqida aytgan. “Garchi qurilish sohasini bilmasak ham, navbati bilan metro qurilishiga jo‘natishadi. Hozir ham metro qurilishiga tashkilotimizdan ishchilar jo‘natilgan”, — deb aytgan u. Qo‘shimcha qilishicha, 6 dekabr kuni yangi qurilayotgan “Turkiston” bekati tarafda ham 18-dekabrdagi o‘xshash favqulodda hodisa yuz bergan, biroq hech kim jabrlanmagan.

    Jamoatchilik baxtsiz hodisada mas’uliyatsiz mutasaddilar va “bayramizm”ni ayblamoqda, ayni vaqtda halok bo‘lgan quruvchilar xotirasini abadiylashtirish kerakligini ta’kidlamoqda (voqea munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab she’r va marsiyalar ham e’lon qilindi). “Menimcha, bu voqeada kim aybdor ekanligini men bilaman. ‘Qurilish 28-dekabrda bitkazilishi kerak’. Mana shu gap aybdor. Buyuk qurilishlarni nuqul ‘Navro‘zga’, ‘Mustaqillikka’, ‘Yangi yilga’ bitirish istagimiz aybdor... Umid qilamanki, stansiyada halok bo‘lgan quruvchilar ismi bilan barel’eflar o‘rnatiladi”, — deb yozdi jurnalist Nikita Makarenko. “Musibat sababchisi — shoshma-shosharlik. Nega katta obyektlar qandaydir sanaga bitishi kerak? Bafurja, sifatli qilib qursak bo‘lmaydimi? Hech qanday metro, hech qanday bino, hech nima bittagina odam hayotidan qadrli emas”, — deb yozdi bloger Farhod Fayzullayev.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Metroda sodir bo‘lgan voqeani nazorat qilish uchun tashkil etilgan komissiya tarkibida deputatlar ham bo‘lishi kerak. Voqea-hodisani o‘rganish o‘z yo‘liga, undan oldin holat yuzasidan mutasaddilar xalqdan uzr so‘rasin... Xalqimiz yirik qurilish obektlarini qurib bitkazishni bayramlarga to‘g‘irlashga mutlaqo norozi. Bizning partiya ham bu amaliyotga qarshi”, — dedi mamlakatda hukmron O‘zLiDeP partiyasi vakili Nuriddin Murodov. “Partiyamiz blogerlar tomonidan taklif etilayotgan metro bekatiga qurbonlar xotirasini abadiylashtirishni ifodalovchi nom berish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilamiz”, — deb bayonot berdi “Adolat” partiyasi. O‘zXDP esa voqea aybdorlarini jazolash shartligini uqtirdi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bosh prokuratura axborotiga ko‘ra, ish Jinoyat kodeksining 257- (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 258-moddalari (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan — ushbu moddalar bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs uzog‘i bilan besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Favqulodda vaziyatlar vazirligidan qo‘shimcha qilishlaricha, “mazkur holatning vujudga kelishiga sababchi bo‘lgan va yo‘l qo‘ygan mas’ul tashkilot va shaxslar aniqlanmoqda”. Shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonida shu va boshqa ko‘ngilsiz holatlar takrorlanishining oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

    19.12.2019, 15:59   Izoh (0)   161279
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi 4 ta partiya YeOIIga a’zolikni yoqlashini yana bir bor tasdiqladi

    19.12.2019, 15:43

    Yunusobod metrosidagi halokat yuzasidan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi

    19.12.2019, 15:37

    Jomboyda Matiz velosiped haydab ketayotgan fuqaroni urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi

    19.12.2019, 15:13

    O‘zbekistonda eng arzon go‘sht qaysi bozorlarda sotilayotgani ma’lum qilindi

    19.12.2019, 14:58

    Qarshidagi bog‘chada xotinini rashk qilgan er u yerda ishlovchi erkakni chavaqlab tashladi

    19.12.2019, 14:27

    O‘zLiDeP vakili: “Metro qurilishidagi fojia uchun mutasaddilar xalqdan uzr so‘rasin”

    19.12.2019, 14:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.