• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgan bemorga Surxondaryo hokimligi yordam berishni va’da qilgandi. Umri oz qolgan ayol hali ham yordam kutmoqda

    Joriy yilning avgust oyida “Daryo” nashrida jigar sirroziga chalingan surxondaryolik Feruza Ramazonova haqida maqola e’lon qilingandi. Unda 35 yoshli 2-guruh nogironi bo‘lgan ayolning 21 yildan beri qand kasali va jigar sirrozi bilan og‘rib kelayotganligi, umri oz qolgani, faqat operatsiya bilangina omon qolishi mumkinligi haqida so‘z yuritilgandi. Jigar transplantatsiyasi bo‘yicha Hindistonda o‘tkaziladigan operatsiya uchun 32 ming dollar kerak edi.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Yetarli mablag‘ yig‘ilmagach, Feruza Ramazonova Facebook orqali Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llagan.

    Prezidentning Surxondaryoga tashrifi arafasida e’lon qilingan bu murojaatga tez orada viloyat hokimligi o‘z munosabatini bildirgandi. Unda bemor kerakli hujjatlarni taqdim etganidan so‘ng viloyat hokimligi va homiylar tomonidan operatsiyaga zarur bo‘ladigan summa to‘lab berilishi aytilgan edi.Bemor Feruza Ramazonovaning barcha aytilgan hujjatlar hokimlikka taqdim qilinsa-da, mas’ullar va’dasini haliyam bajarmayotganligini “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Davo istab, bormagan joyim qilmagan muolajam qolmadi. Kun sayin ahvolim og‘irlashib boraverdi. Hayotimni saqlab qolish uchun oxirgi chora jigar transplantatsiyasi edi. So‘rab surishtirsam, operatsiya qilish uchun eng arzon joy Hindiston ekan. Shundan keyin u yerdagi “Jaypi” klinikasiga tibbiy xulosalarni yubordim. Shifokorlar tashxislarni ko‘rib, operatsiya qila olishlarini, 32 ming dollar kerakligini aytishdi.

    Onam bilan yolg‘iz yashayman. Bunga imkonim yetmasdi. Shu bois yordam so‘rab, turli OAVlarga chiqdim. “Daryo.uz”, “Kun.uz”, “Sevimli” va “MY5”da e’lon qilingan xayriya materiallaridan 9 ming dollarga yaqin mablag‘ yig‘ildi, xolos. Pul so‘ramagan kishim qolmadi. Oxiri yordam so‘rab internetda Prezidentimizga murojaat qildim. Murojaatim ijtimoiy tarmoqlarda ancha shov-shuv bo‘ldi. Saytlarda e’lon qilindi. Shundan keyin viloyat hokimligi va sog‘liqni saqlash xodimlari uyimga kelib sog‘lig‘imni tekshirishdi, sharoitimni o‘rganishdi.

    Men qayta tekshiruvdan o‘tib, donor jigar ko‘chirib o‘tkazish uchun mos kelishi to‘g‘risida tibbiy xulosa olib borib berganimdan keyin viloyat hokimligi belgilangan summa to‘lab berilishiga va’da berdi. Men “Jaypi” klinikasidan barcha kerakli hujjatlarni ularga 10-oktabr kuni taqdim etdim. Hisob raqamimga 50 million so‘m o‘tkazib berishdi. Lekin qolgani haligacha berilgani yo‘q. Qancha so‘radim, ular “pul berdik-ku” deyishyapti. Axir bu pul bilan Hindistonga borib, operatsiya qilib bo‘lmaydi-ku. Xayriyada yig‘ilganlar va hokimlik bergan 50 million so‘m pul bilan qo‘limda hozir 13 ming 700 dollar atrofida pul bor. Operatsiya uchun yana 18 ming dollar kerak. Dorilar bilan zo‘rg‘a yuribman. Hokimlikdagilar esa biror murojaatimga javob bermayapti. Men Prezidentimizga murojaat qilgan paytda ularning viloyatga tashrifi kutilayotgandi. Shuning uchun “qilib beramiz” deb va’da berib, ishni bosdi-bosdi qilgan. Endi va’dani bajarishga kelganda esa ular qo‘ng‘iroqlarimga javob bermayapti.

      Feruza Ramazonova

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” murojaatga aniqlik kiritish maqsadida dastlab viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Boboxon Shukurov bilan bog‘landi. U vazirlik bemorlarga faqat O‘zbekiston doirasidagina yordam bera olishi, xorijda operatsiya qildirish vazirlikning vakolatiga kirmasligini aytib o‘tdi.

    Surxondaryo viloyati hokimligi bemorning operatsiyasi uchun zarur pullarni 100 foiz to‘lab berishga va’da bermaganini ma’lum qildi.

    Biz bemor Feruza Ramazonovaning hisobiga 50 million so‘m o‘tkazganmiz. Biz “homiylar hisobidan to‘lab berish choralari ko‘riladi” deb aytganmiz. “100 foiz to‘lab beramiz” demaganmiz. Rahbarlar bilan gaplashib ko‘ray, Xudo xohlasa, ijobiy hal qilishga harakat qilamiz.

    Zahiriddin To‘rayev, Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari

    Bir necha kun o‘tgandan so‘ng Zahiriddin To‘rayev “Daryo” bilan bog‘lanib, bu ishga mas’ul odamni ayni paytda Moskvada ekanligi, kelsa masalani o‘zi hal qilishini aytdi.

    Bemor Feruza Ramazonovaning operatsiyasi uchun hozir yana 18 ming dollar kerak. Vaqt esa o‘tib bormoqda. Biz mutasaddilardan masalaga oydinlik kiritishlarini kutib qolamiz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun Feruza Ramazonovaning ma’lumotlari:

    Plastik karta orqali: (Click, Payme)Feruza Ramazonova nomiga ochilgan

    “Qishloq qurilish bank”:86 00 09 04 52 22 31 99

    “Qishloq qurilish bank”ning Feruza Ramazova nomiga ochilgan rekvizitlari:MFO: 00359 INN: 202042186

    Korxona va tashkilotlardan kelib tushadigan mablag‘lar tranziti:23120000 700000 359001

    Xorijiy davlatlardan mablag‘ yuborib, yordam bermoqchi bo‘lganlar uchun pasport ma’lumotlari:Ramazonova Feruza Daminovna

    Pasport raqami: AA 5598810

    Telefon raqami:+99890 915 56 84

    Xonzodabegim A’zamova

    18.12.2019, 15:06   Izoh (0)   28925
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yunusobod metrosidagi avariya yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

    18.12.2019, 14:10

    Boysunda 435 mln so‘mlik sifatsiz dori va 101 mln so‘mlik tamaki mahsulotlari musodara qilindi

    18.12.2019, 14:05

    Tarkibida GMO bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va olib kirish qonun bilan nazorat qilinadi

    18.12.2019, 13:50

    TIV Aqto‘beda 50 nafar o‘zbekistonlik buzilib qolgan avtobusdan evakuatsiya qilinganini tasdiqladi

    18.12.2019, 13:34

    Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishi qurilishida avariya sodir bo‘ldi. Tuproq ostida bir necha kishi qolib ketgan bo‘lishi mumkin

    18.12.2019, 13:11

    ShHT kuzatuvchilar missiyasi O‘zbekistonga keldi

    18.12.2019, 13:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.