• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shayx Abdulaziz Mansur yangi yilni nishonlash hukmi haqida fikr bildirdi

    O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi saytida Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur yangi yilni nishonlanish masalasidagi mulohazalari e’lon qilindi.

    Foto: O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi matbuot xizmati

    Uning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda internet sahiflari, turli portal va va ijtimoiy tarmoqlarda milodiy yangi yil kunini bayramona kutib olish, ushbu munosabat bilan bir-birini tabriklab, tilaklar bildirish kabi odatlar islom dini ta’limotiga zid va kufr deb atash avj olib bormoqda. Shularni e’tiborga olib, bu kabi nizoli masalaga oydinlik kiritish va unga xolisona yondoshib, o‘z fikrini bayon qilishga qaror qildi.

    Quyida uning bu boradagi fikrlari keltirildi:

    Milodiy yangi yil va uni nishonlash diniy shiorlar, ya’ni namoz, zakot, ro‘za, haj, umra, ikki hayit va boshqa marosimlarning vaqtini belgilash hamda ularga amal qilishda hijriy taqvimdan foydalanishga to‘sqinlik qilmaydi. Bunga e’tiroz bildiruvchilar “xristianlar yoki boshqa g‘ayridinlar bayramlarining musulmonlar tomonidan nishonlanishi shar’iy kitoblarda taqiqlangan-ku, musulmonlar ularga taqlid qilishdan qaytarilgan-ku, ular ham, musulmonlar ham yangi yilni nishonlasalar, ularga o‘xshagan bo‘lib qolmaymizmi?”, degan xavotirlariga quyidagicha javob beramiz.

    Ahli sunna val jamoa ulamolarining fatvo kitoblarida musulmon o‘zini g‘ayridinlarga din va e’tiqodda o‘xshatishi harom ekani ta’kidlangan. Shuningdek, kiyimiga xoch yoki boshqa botil aqidalarning ramziy belgilarini osib yurish musulmonlarga nojoizdir. Ammo kiyiladigan, butun bashar umumsuratda qabul qilingan oddiy libos, zeb-ziynat, uy-joy kabi e’tiqodga daxl qilmaydigan narsalarda o‘xshashlik yuzaga kelgan taqdirda bunga ruxsat beriladi.

    Xuddi shuningdek, agar milodiy yangi yil Xudoning o‘g‘li Iso tug‘ilgan kun deb nishonlansa, bu islom aqidasiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Biroq, “internet shayx”lari tomonidan bot-bot ta’kidlanadigan “milodiy yangi yilni nasroniylar Isoning tug‘ilgan kuni sifatida nishonlaydi”, degan fikr ham ilmiy asosga ega emas.

    Ammo musulmonlar tomonidan 1-yanvar kunini milodiy sananing yangilanishi sifatida, Iso alayhissalomning tavallud kuni yoki boshqa etiqodlarga bog‘lamagan holda nishonlanishining shar’an zarari yo‘q. Mana masalan, O‘zbekiston musulmonlari ham 1-yanvar arafasida bir-birini tabriklab, ezgu tilaklarini izhor etadi. Bugungi dunyoda yashayotgan millionlab musulmonlarga ham bu odat bo‘lib qolgan. Ana shunday bir sharoitda milodiy yangi yilni nishonlasa, xristianlarga o‘xshab qoladi, deb shuncha musulmonni kofirga chiqarish mantiqqa to‘g‘ri keladimi?! Bunday qat’iy hukm chiqarishdan avval islom aqidasini yaxshiroq o‘rganish lozim. Musulmonlarni kofirga chiqarish uchun ularning haqiqiy e’tiqodini aniqlab, keyin hukm chiqarish kerak.

    Zero, hadisi sharifda ta’kidlanganidek, “barcha amallar niyatga qarab baholanadi”. Odamlarni kufrda ayblayotgan kishilar shuni bilsinlarki, Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisi sharifda janob Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam birovni kofirga chiqarish qanchalik xatarli ekanini ta’kidlab: “Kim o‘z birodarini kofir desa, qaraladi, agar o‘sha ikkinchi shaxs haqiqatan kofir bo‘lsa, rost gapirgan bo‘ladi. Bordi-yu agar u kofir bo‘lmasa, kofirlik ayblovchining o‘ziga qaytadi”, deb aytganlar.

    Ma’lumki, O‘zbekiston ma’rifat va taraqqiyot yo‘lidan bormoqda. Binobarin, mamlakatimizda diniy bayramlar bilan bir qatorda dunyoviy mohiyatga ega bir qancha bayramlarni ham nishonlash odatga aylangan. Ro‘za va Qurbon hayitlari munosabati bilan davlatimiz rahbarining tabriknomalari e’lon qilinishi, hayit namozlari va bayramlarini namunali o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinayotgani, haj va umra ziyoratlarining tartibli tashkil etilayotgani, masjidlarimizning soni muntazam oshib borayotgani, diniy adabiyotlarning katta adadlarda nashr etilayotgani natijasida e’tiqodli xalqimizning imon va ixlosi yanada mustahkamlanib borayotgani uchun Alloh taologa behisob hamdu sano va shukronalar qilishimiz lozim.

    Shayx Abdulaziz Mansur, Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining o‘rinbosari

    17.12.2019, 10:52   Izoh (0)   139697
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazmda 22 ming gektar maydonda milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi

    17.12.2019, 10:25

    Jurnalist Ekologiya partiyasi vakiliga kesilayotgan daraxtlarga o‘zini bog‘lashni taklif etib, arqon sovg‘a qildi

    17.12.2019, 09:58

    Toshkentda alimentdan qariyb 27 mln so‘m qarzi bor fuqaro Range Rover’i xatlanishidan oldin qarzidan qutuldi

    17.12.2019, 09:37

    “Zarmitan” tilla konidan portlovchi moddalarni olib chiqib ketishga uringan fuqaroga sud hukmi o‘qildi

    17.12.2019, 09:22

    Surxondaryoda 2 mln so‘m pora olgan maktab direktori qo‘lga tushdi

    17.12.2019, 08:44

    Komil Allamjonov: Mansabdor shaxslarning jurnalistlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari yoki qarorlaridan himoya qilish tizimi kuchaytiriladi (video)

    17.12.2019, 08:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.