“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qonun bilan maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari aniq belgilab berildi.
Xususan, davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi.
Qonunga muvofiq, maktabgacha ta’lim tashkiloti davlat va nodavlat tashkiloti bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi turlarda tashkil etiladi:
- umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti;
- ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti;
- inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti;
- qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti.
Izoh (0)