Bugun, 17-dekabr kuni Sirdaryo va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi. “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar 08:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi hududlarla kuzatiladi:
Sirdaryo viloyati 35 kVli “U.Yusupov” hamda “Farg‘ona” podstansiyasining 35 kVli moyli o‘chirgichlarida profilaktika ishlari olib borilishi sababli Oqoltin tumanining “Bo‘ston” va “Andijon” MFY hududlarida;
Namangan viloyati Namangan shahridagi 110/6 kVli Nestle nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Namangan shahrining “Bahor”, “Olvalizor”, “Yangi Asr”, “Marg‘ilon” va “Xaqiqat” MFYlari hududlarida;
Norin tumanidagi 110/35/10 kVli “Cho‘ja” va 35/10 kVli “Amir Temur” nimstansiyalarida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli soat 08:00 dan 17:00 ga qadar, Norin tumanining “Yuqori va Pastki Cho‘ja”, “Uchtepa”, “O‘zbekiston” va “Navoiy” MFYlari hududlarida;
Uychi tumanidagi 110/35/10 kVli “Ohunboboyev” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Uychi tumanining “Birlashgan”, “Qashqar”, “Ezgulik” “Qaxramon”, “Mustaqillik”, “Xizirobod” va “Keskanyor” MFYlari hududlarida;
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 35/10 kVli “Shahand” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli To‘raqo‘rg‘on tumanining “Oqtosh”, “Yuqori Mo‘g‘iltoy”, “Buramatut” “Kalvak”, “Mozorko‘xna” va “Beruniy” MFYlari hududlarida;
Namangan shahridagi 35 kVli “Fazo” va “Sanatoriya” elektr uzatish havo tarmoqlarida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Namangan shaxrining “To‘quvchi”, “Mustaqillik”, “Ishonch”, “Istiqbol” va “Atanganguzar” hamda Yangiqo‘rg‘on tumanining “Barkamol”, “Rovut”, “Qizilqiyok”, “Nurafshon”, “Quyiqorapolvon”, “Baraka” va “Qorapolvon” MFYlari hududlarida.
Izoh (0)