• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi doirasida qiymati 6,5 mlrd dollarga teng kelishuv va shartnomalar imzolanishi kutilmoqda

    16-dekabr, dushanba kuni Tokioda O‘zbekiston—Yaponiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati

    Unda O‘zbekiston tomonidan vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari, Yaponiya tomonidan esa ishbilarmon doiralar vakillari — yirik xoldinglar, moliyaviy tashkilotlar va ko‘p tarmoqli sanoat korporatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi.

    Shuningdek, forumda Yaponiya bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Aso, Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO), Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi, Yaponiya biznes federatsiyasi (KEYDANREN) rahbarlari ham qatnashdi. Mazkur tadbirda Yaponiyaning 500 dan ortiq kompaniyalari va tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

    Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati

    O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar tizimli, ko‘p qirrali tus olganini ta’kidlab, Yaponiya investitsiya va savdo-iqtisodiy sohalarda respublikaning strategik sheriklaridan biri ekanini qayd etdi.

    Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati

    Forum dasturi o‘z ichiga yalpi majlis hamda iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari — neft-gaz va neft-kimyo tarmoqlari, avtomobilsozlik, mashinasozlik va elektrotexnika, oziq-ovqat, to‘qimachilik va ipak sanoati, charm kiyim-kechak va charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, infratuzilma qurilishi va turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish salohiyatini yoritishga bag‘ishlangan qator seksion sessiyalarini qamrab oldi. Forum ishtirokchilari O‘zbekistonda investitsiya va tashqi savdo faoliyatini olib borish uchun muayyan sektorda yaratilgan shart-sharoitlar bilan batafsil tanishish, hamkorlikning o‘zaro manfaatlari va istiqbollarini muhokama qilish hamda kelgusida birgalikda ishlab chiqish maqsadida, aniq loyiha takliflarini ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘ldi.

    Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati

    Forum yakunida qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish borasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Xususan, idoralararo darajada Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligining Savdo siyosati byurosi o‘rtasida iqtisodiy va sanoat hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Shuningdek, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Yaponiya iqtisodiyot va energetika instituti o‘rtasida o‘zaro munosabatlar yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi: Issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi va O‘zbekiston taraqqiyotining bosh rejasi birgalikda ishlab chiqiladi.

    Navoiy viloyatida Yaponiya neft, gaz va metallar milliy korporatsiyasi (JOGMEC) ishtirokida geologik izlanishlar olib boriladi, Yaponiya tibbiy uskunalar sohasida tashqi texnik yordam ko‘rsatish tashkiloti (OMETA) esa Toshkentda Yaponiya—O‘zbekiston tibbiyot axborot markazini tashkil etishni reja qilmoqda. Yaponiyaning Isuzu Motors va Itochu Corporation kompaniyalarining “O‘zavtosanoat” AJ bilan hamkorligi orqali avtomobilsozlik sohasiga yirik investitsiyalar jalb qilinadi.

    Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati

    O‘zbekiston tijorat banklari MUFG Bank va Sumitomo Mitsui Banking bilan kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha qator hujjatlarni imzoladi.

    Forumning yalpi va seksion yig‘ilishlari yakuni bilan energetika, tog‘-kon sanoati va kimyo tarmoqlari, avtomobilsozlik, yengil sanoat, oziq-ovqat, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash va inftratuzilma qurilishi sohalarida investitsiya kelishuvlari va savdo shartnomalari imzolandi.

    Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati

    O‘zbekiston Prezidentining Yaponiyaga tashrifi doirasida qiymati 6,5 milliard dollarga teng bo‘lgan 48 ta kelishuv va shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

    16.12.2019, 17:57   Izoh (0)   16442
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxorodagi maktab hojatxonasidan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanilgani tasdiqlandi

    16.12.2019, 17:43

    G‘uzorda 7-sinf o‘quvchisi 26 yoshli yigitni pichoqlab o‘ldirdi. Voqea guvohlari qotillikda bolaga otasi va akasi ko‘maklashganini aytmoqda

    16.12.2019, 17:28

    Toshkent viloyatida salkam 1200 nafar fuqaroni chuv tushirgan “Human” bandlik agentligi rahbari ustidan sud boshlandi

    16.12.2019, 16:49

    Sirdaryoda 2 nafar xodim ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi, 6 nafariga keskin intizomiy chora qo‘llanildi

    16.12.2019, 16:33

    G‘allaorolda qalin qor tufayli avtomobillar harakati to‘xtab qoldi. 18 kishi xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi

    16.12.2019, 16:17

    O‘zbekistonda qurilishi tugallangan uy va binolarni ro‘yxatga olish tartibi soddalashtirildi

    16.12.2019, 16:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.