Mail.ru Group kompaniyasi 2020-yilda YouTube’ga raqobatchi bo‘lishi kutilayotgan videoservisni ishga tushiradi. Bu haqda xolding bosh direktori Boris Dobrodeyevning so‘zlariga asoslanib Meduza xabar berdi.
Ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan videoservisning qanday nomlanishi hozircha oshkor etilmayapti.
“Barcha raqamli media va maydonchalar time spent, ya’ni ularda o‘tkaziladigan vaqt uchun kurashadi.
Biz o‘z oldimizga time spent’ni uzaytirish, YouTube’ni ortda qoldirish, kontent sonini ko‘paytirishni maqsad qilib qo‘yganmiz,” — deydi Dobrodeyev.
Mail.ru Group kompaniyasi shu nomdagi portal va pochta servisi, “Odnoklassniki”, “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlari, ICQ va TamTam messenjerlari, “Yula”, YouDrive, Delivery Club servislariga egalik qiladi.
Izoh (0)