Andijon viloyatida joylashgan gaz quyish shoxobchasida ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi, deb xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
16-dekabr kuni soat taxminan 12:00 da Andijon tumani “Jahonobod” MFY hududida joylashgan “Shodlik ishonch servis” MChJga tegishli gaz quyish shoxobchasida Nexia-2 rusumli avtomashinaning gaz balonida portlash sodir bo‘lgan, hodisa oqibatida haydovchi X.K tan jarohati olgan.
Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlash sabablari aniqlanmoqda.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh (0)