O‘zgidromet 15—18-dekabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 15—16-dekabrda 0—5 daraja iliq, 17—18-dekabrda 3—8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15—16-dekabrda 0—5 daraja sovuq, 17—18-dekabrda 2 daraja sovuq—3 iliq, kunduzi 15—dekabrda 3—8 daraja iliq, 16—17-dekabrda asta—sekin 8—13 daraja iliqqacha ko‘tariladi, 18-dekabrda 5—10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15—16-dekabrda 0—5 daraja sovuq, 17—18-dekabrda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq kunduzi 15-dekabrda 0—5 daraja iliq, 16—18-dekabrda asta-sekin 8—13 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15—16-dekabrda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, 17—18-dekabrda 2—7 daraja iliq, kunduzi 15-dekabrda 5—10 daraja iliq, 16—18-dekabrda 10—15 daraja iliqgacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-dekabrda 2 daraja sovuq—3 daraja iliq, 16—18-dekabrda 0—5 daraja sovuq, kunduzi 15—16-dekabrda 0—5 daraja iliq, 17—18-dekabrda 3—8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 15—16—dekabrda kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja sovuq, 17—18-dekabrda kechasi 0—5 daraja sovuqqacha, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Izoh (0)