“Toshkent —Moskva —Toshkent” yo‘nalishida muntazam avtobus qatovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur yo‘nalishdagi qatnovlar “Uzautotrans Service” korxonasi tomonidan zamonaviy Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Qatnovlar “Toshkent” avtovokzali va Moskvaning “Novoyasenevskaya” avtobekatidan amalga oshiriladi.
Joriy yil 19-dekabr kuni soat 12:00 da ilk avtobus “Toshkent” avtovokzalidan Moskvaga yo‘lga chiqadi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 900 000 so‘m etib belgilangan.
Ushbu yo‘nalish bo‘ylab muntazam avtobus qatnovlari haftasiga ikki marotaba dushanba va payshanba kunlariga belgilangan.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Rossiyaning Nijniy Novgorod va Qozon shaharlariga ham muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirib kelinmoqda.
Izoh (0)