Professional boksning super o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev 14-dekabr, shanba kuni AQShda bo‘lib o‘tgan boks kechasida Von Aleksanderga qarshi ringga ko‘tarildi.

Foto: Twitter

Jang to‘liq o‘n raund davom etdi. Unda o‘zbekistonlik bokschi hakamlar qaroriga ko‘ra bir ovozdan (100:90, 100:90, 100:90) g‘olib deb topildi.

Shu tariqa Meliqo‘ziyev WBA Continental Americas chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Bu prof boksdagi to‘rtinchi janggini o‘tkazgan Bektemir uchun to‘rtinchi g‘alaba bo‘ldi. Meliqo‘ziyev bundan avvalgi uchta jangni nokaut bilan yakunlagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!