2019-yil 29-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki ustav kapitali qo‘shimcha 2 164,2 milliard so‘m (227,9 million AQSh dollari)ga ortdi.Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Xalq bankining nominal qiymati 1 000,0 so‘m bo‘lgan 2 164 172 ming dona oddiy aksiyalari sotib olindi va buning natijasida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining bank ustav kapitalidagi ulushi 38,8 foizdan 70,1 foizga ko‘tarildi.
https://www.youtube.com/watch?v=5Psr-SVFsXk
Bankning qolgan aksiyalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi egalik qiladi hamda uning ulushi 29,9 foizni tashkil etadi.Xalq bank ustav kapitali yil boshiga nisbatan 2 586 838,8 million so‘mga yoki 248,4 foizga ortib, 4 230,9 milliard so‘m (445,6 million AQSh dollari)ni tashkil etdi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)