Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash uchun ajratilgan kredit mablag‘lari talon-toroj qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matmuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2017—2018-yillarda “Gulzor-B.” nomli xususiy uy-joylar mulkdorlari shirkati (XUJMSH)ga qarashli ko‘p qavatli uylarda ta’mirlash ishlariga bankdan ajratilgan 2,6 milliard so‘m kredit mablag‘lari “O.B.”, “M.U.” va “K.Y.” MCHJlarga qurilish-ta’mirlash ishlari uchun o‘tkazilgan.
Shundan 194,8 million so‘mlik bajarilgan ishlar bo‘yicha hujjatlar “Gulzor-B.” XUJMSHga taqdim qilingan, qolgan 2,4 milliard so‘mlik bajarilgan ishlar uchun tasdiqlovchi hujjatlar esa yo‘qotilgan.
Mazkur holat yuzasidan “Gulzor-B.” XUJMSH hamda “O.B.”, “M.U.” va “K.Y.” MCHJlar mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)