Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati “Qo‘yliq” dehqon bozori atrofidagi piyodalarning harakatlanishiga noqulaylik keltirib chiqarayotgan omillar to‘g‘risida reportaj tayyorladi.
Ta’kidlanishicha, bozor yaqinidagi piyodalarning o‘tishiga mo‘ljallangan yerosti tunneli yer usti metrosining qurilishi sabab butunlay berkitilgan. Mavjud vaziyat o‘rganilib, mutasaddilar tomonidan piyodalar harakatining xavfsizligini ta’minlash uchun beton to‘siqlar tashkil etilgan. Biroq to‘siqlarning ayrim qismlari ag‘darib tashlangani va savdogalarning joylashib olgani harakatni yanada qiyinlashtirmoqda.
Shuningdek, avvalgi mavjud tunneldan yuz metr narida piyodalar yo‘lagi chizilib, svetofor o‘rnatilgan. Qolaversa, qurilish maydonidagi betartiblikka barham berish maqsadida biroz uzunroq bo‘lsada Compass savdo markazidan yo‘l ham ochilgan.
Izoh (0)