Yevropa Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumining guruh bosqichi o‘z yakuniga yetdi. UEFA rasmiy sayti guruh bosqichi statistikasini taqdim etdi.
Ortda qolgan oltita turdagi 96 o‘yinda jamoalar jami 308 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa musobaqa rekordi hisoblanadi. Har bir o‘yinda o‘rtacha 3,21 ta gol urilgan.
Guruh bosqichida “Bavariya” (24), “Tottenhem” (18) va PSJ (17) jamoalari qolganlardan ko‘proq to‘p kiritgan. Futbolchilardan esa Robert Levandovski (“Bavariya”, 10 ta gol), Erling Holand (“Zalsburg”, 8) va Harri Keyn (“Tottenhem”, 6) samaradorlik ko‘rsatdi.
Jamoalar 76—90-daqiqalar oralig‘ida ko‘proq gol urgan (62 ta gol). 61—75-daqiqalar oralig‘ida esa 51 bor to‘p kiritilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)