• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev davlat ishtirokidagi 2819 ta korxonaning samarasiz ishlayotganini tanqid qildi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-dekabr kuni davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish natijadorligi va bu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirish maqsadi ham belgilangan edi. Shunga muvofiq, joriy yil 14-yanvarda Prezidentning “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

    O‘tgan qariyb bir yil mobaynida korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini samarali boshqarish, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.

    Tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda 2819 ta davlat ishtirokidagi korxonalar mavjud. Ularning aksariyati eski usulda, samarasiz ishlagani sababli hatto dividend to‘lay olmaydi.

    Prezident bu holatni jiddiy tanqid qildi.

    “Davlat ishtirokini hech zarurat bo‘lmagan sohalarda ham saqlab turibmiz. Davlat korxonalarini boshqarish, faoliyati samarasini oshirish, ularning funksiyalarini xususiy sektorga berish bo‘yicha hali sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmadi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu bois yig‘ilishda 2020-yilda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.

    Avvalo, bunday korxonalarni isloh qilish yoki tugatish, saqlash yoki xususiy sektorga berish masalasini o‘rganish bo‘yicha Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari boshchiligida ishchi guruhlar tashkil etildi.

    Jumladan, axborot texnologiyalari sohasidagi 140 ta korxona, hududlardagi kommunal, qurilish va xizmat ko‘rsatish subyektlariga tegishli 1573 ta, geologiya, metallurgiya, moliya tashkilotlari bo‘yicha 137 ta, yengil sanoat, mashinasozlik va elektrotexnika tarmoqlaridagi 49 ta, ijtimoiy soha, turizm va farmatsevtika yo‘nalishidagi 449 ta, kimyo, neft-gaz, energetika sohasidagi 42 ta, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘idagi 330 ta, sanoat zonalaridagi 99 ta korxona bo‘yicha alohida ishchi guruhlar tuzilib, ularning har biriga moliya vaziri o‘rinbosarlari biriktirildi.

    Ishchi guruhlarga bir oy muddatda har bir korxonani to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularning rentabelligi, hozirgi quvvati va istiqbolini tahlil qilgan holda, 2020-yilga mo‘ljallangan aniq reja va takliflar ishlab chiqish topshirildi.

    Ko‘plab kompaniyalar moliyaviy hisobot yuritish, ichki nazorat va audit o‘tkazish, boshqaruvga mustaqil a’zolarni kiritish kabi masalalarda oqsayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mutasaddilarga mazkur kompaniyalarda korporativ boshqaruvni keng joriy etish, bazaviy sohalardagi 32 ta yirik korxonani isloh qilishni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari – KPI (Key Performance Indicators) har bir korxonada ishlab chiqilishi va muntazam nazorat qilinishi lozimligi ta’kidlandi.Davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisoblanishi va budjetga o‘tkazilishini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.

    Transport vazirligida loyiha ofisi tuzib, ushbu sohadagi korxonalarga xususiy sektorni jalb etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

    Xususiylashtirishga oid yondashuvlarni tubdan yangilash, xalqaro ekspertlarni jalb etib, bu borada bozor iqtisodiyotiga xos va mos tizimga o‘tish zarurligi ta’kidlandi.

    Xususiylashtirish va korporativ boshqaruv bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash hamda malakasini oshirish, davlat ishtirokidagi korxonalar rahbarlarini shu borada o‘qitish muhimligi qayd etildi.

    Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

    11.12.2019, 16:46   Izoh (0)   33692
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2020-yildan benzin va suyultirilgan gaz narxi oshadi

    11.12.2019, 16:29

    “Qamchiq” va “Taxtaqoracha” dovonida yangi pullik tunnel quriladi

    11.12.2019, 16:12

    Video: Ekologik partiya a’zosi Toshkentga kelayotgan viloyatliklarning o‘z hududidagi inspektor ro‘yxatidan o‘tishini taklif qildi

    11.12.2019, 15:56

    Toshkent—Samarqand, Toshkent—Andijon pullik avtomobil yo‘llari quriladi

    11.12.2019, 15:19

    DXX Andijonda harbiy qismni kuzatayotgan shubhali shaxsni qo‘lga oldi

    11.12.2019, 14:33

    Chiroyli avtomobil raqamlarini sovg‘a qilib bo‘ladimi?

    11.12.2019, 14:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.