Futbol bo‘yicha Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham jamoa boshqaruvida 2022-yilga qadar qoladigan bo‘ldi.
51 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Avvaligi shartnoma 2020-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetishi kerak edi.
Desham Fransiya terma jamoasini 2012-yildan buyon boshqarib keladi. Uning qo‘l ostida jamoa Yevro—2016 musobaqasida finalga qadar yetib borgan va Rossiyada o‘tgan 2018-yilgi Jahon Chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.
Yangi kelishuvga ko‘ra Desham Fransiya bilan JCh—2022 oxiriga qadar qoladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)