• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chiroyli avtomobil raqamlarini sovg‘a qilib bo‘ladimi?

    O‘zbekistonda 2017-yildan buyon avtomobillarning chiroyli raqamlari birja savdolari orqali amalga oshirilmoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    O‘zAning yozishicha, 2019-yil yanvar-noyabr oylarida mazkur savdolar orqali 33 ming 182 ta 141,2 milliard so‘mlik avtoraqam savdolari amalga oshirildi. Ushbu mablag‘lar davlat budjetiga va Ichki ishlar vazirligiga tegishli miqdorda o‘tkazib berildi.

    Bu raqamlarni Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmalari savdoga qo‘yib boradi. Auksionda raqam belgilari I, II, III toifalarda hamda Toshkent shahri uchun alohida oshirilgan stavkalarda lotga qo‘yiladi.

    Misol uchun, birinchi toifada 01 A 001 CA raqami oshirilgan stavka bo‘yicha auksiondagi boshlang‘ich narxi eng kam ish haqining 100 baravarida, 01 777 AAA esa eng kam ish haqining 130 baravarida belgilangan. Bu miqdor viloyatlarda arzonroq bo‘lib, eng yuqori miqdor 25 va 30 barobarni tashkil etadi.

    Elektron tijorat va xaridlarni tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i Jasur Yunusovning ta’kidlashicha, savdoni bilib bo‘lmaydi, kuniga bitta ham raqam sotilmasligi yoki yuzta raqam sotilishi mumkin. Qaysidir hudud uchun ba’zi kunlari umuman avtoraqam sotuvga chiqarilmasligi ham kuzatiladi. Bir kunda 4—5 raqam qo‘yilsa, narxlar pastroq bo‘ladi. Lekin ular savdoda bitta qo‘yilsa, narx oshib ketishi ham mumkin.

    Qadam va qadam auksion savdosi o‘ziga xos bo‘lib, jarayon ba’zida kunlab davom etishi mumkin ekan. Misol uchun, boshlang‘ich narx 1 million 115 ming. Oxirgi narx 5 million 218 ming. Keyingi narx avtomatik ravishda 5 million 229 ming bo‘ladi. Buni bosgandan keyin yana yangi narx chiqadi va shunga rozi bo‘lganlar savdoda ishtirok etadi. Har bir ishtirokchidan keyin savdo 10 daqiqa cho‘ziladi.

    “Negaki hamma ishtirokchiga imkon berish kerak. Hamma oxirini kutib turib, tugashiga bir necha daqiqa qolganda 10 million berib, olib qo‘ysa boshqalar norozi bo‘ladi: ‘Bundan ko‘proq narx bermoqchi edim, savdo tugab qoldi’ deb. Shuning uchun so‘nggi daqiqalarda kimdir narx bersa savdo yana davom ettiriladi. Agar 10 daqiqa tugaganda hech kim tugmani bosmasa, oxirgi ishtirokchi g‘olib bo‘ladi va raqamni pasport ma’lumotlari asosida oladi”, – deydi Jasur Yunusov.

    “Auksion savdolarda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar bilish kerak bo‘lgan bir jihat bor. Siz chiroyli nomerni kimgadir olib bermoqchi yoki sovg‘a qilmoqchi bo‘lsangiz, bunday qilmaganingiz ma’qul. Shuningdek, avtosalonlarga ishonib, yo‘q avtomobil uchun savdoda ishtirok ham etmang. Chunki savdolar yakunidan so‘ng g‘olib besh ish kuni mobaynida avtoraqam bo‘yicha to‘liq to‘lovni o‘tkazishi va 10 kun davomida avtoraqamni rasmiylashtirib olishi kerak.

    Shuningdek, savdoda ishtirok etayotganda nomingizda avtomobil rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak, aks holda avtomobil davlat raqamini ololmaysiz. Misol uchun, avtosalondan mashina bir haftada chiqadi degan va’dani olgan mijoz o‘ziga yoqqan raqamni auksionda sotib oladi. Biroq aytilgan muddatda mashina avtosalondan chiqmay qoladi va raqam ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Elektron tizim 10 kun kutib, keyin avtomatik ravishda shaxs nomiga jarima chiqaradi. Xaridor ham jarima to‘laydi ham avtomobil davlat raqamidan ayriladi.

    Qisqasi chiroyli avtomobil davlat raqamlarini har bir shaxs faqat o‘zi uchun oladi. Turmush o‘rtog‘i, qarindoshi yoki tanishiga olib bermoqchi bo‘lgan holatda muammo ko‘p bo‘ladi. Yoki avtoulovni ishonchnoma bilan haydab yurgan holatda davlat raqami xarid qilish ham shart emas.

    Avval o‘zingizga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasiga avtoraqamni rasmiylashtirib, so‘ngra belgilangan tartibda yaqin qarindoshlarining avtotransportlariga qayta rasmiylashtirib berish mumkin. Bunda yaqin qarindoshlariga ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzandlar, shu jumladan, farzandlikka olinganlar, bobosi, buvisi, nevaralar, shuningdek, er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari va opa-singillari kiradi.

    Auksionda ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, vositachilarga ishonib qolmang. Mutaxassislar o‘zingiz ishtirok etishingizni tavsiya etmoqda. Aslida ham bunday savdolardan ko‘zlangan maqsad olibsotarlikning oldini olish. Yo‘qsa, chiroyli raqam xarid qilgan odam uni qayta sotib ikkinchi bozorni yuzaga keltirishi mumkin. Ana shunday holatlarning oldini olish va adolatni ta’minlash uchun savdoda ishtirok etgan shaxsning nomida avtomobil bo‘lishi kerakligi talab etiladi.

    Yana bir gap. Xaridor komission to‘lovlar ham to‘laydi. Misol uchun, 5 million 229 ming so‘mlik raqamni olishi uchun 111 ming so‘m yoki 5 foiz komission to‘lov kerak bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

    11.12.2019, 14:16   Izoh (0)   62929
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi diniy savollarga javob beruvchi Call-markazni ishga tushirdi

    11.12.2019, 13:59

    Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi

    11.12.2019, 13:42

    Qoraqalpog‘istonda saksovul o‘g‘rilari ekologiya va IIB xodimlariga hujum qildi

    11.12.2019, 13:12

    Payariqda qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan yigitga sud hukmi o‘qildi

    11.12.2019, 12:55

    Orol dengizining 700 ming gektar qurigan maydonida o‘rmonzorlar barpo qilish boshlandi

    11.12.2019, 12:40

    Minskda O‘zbekiston fuqarosining pulini o‘margan 21 yoshli qiz qo‘lga olindi

    11.12.2019, 12:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.