• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Arizaga yaxshilikcha imzo qo‘ying, bu hokimning topshirig‘i”. Parlament saylovlariga qadar partiyaviyligi o‘zgarib qolgan surxondaryolik nomzod soxta arizaga imzo chekishga majburlanmoqda

    Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi maktab direktorlaridan biri deputatlikka O‘zLiDePdan nomzodini ko‘rsatdi. Nomzodlarni ro‘yxatga olish ishi tugallangan payt esa kutilmagan manzil va boshqa partiyadan “chiqib keldi”. Eng qizig‘i, nomzodning o‘zi ham bu o‘zgarishni o‘shanda bildi.

    Foto: uz.raisense.saylov

    Foto: uz.raisense.saylov

    Bu haqda “Daryo” muxbiriga shikoyat qilgan 30-maktab direktori Dilbar Saidova soxta arizaga imzo chekishga majburlanayotganini aytmoqda.

    Ma’lum bo‘lishicha, dastlab O‘zLiDeP a’zosi sifatida tumanning “Yangikent” mahallasidan tuman Kengashi deputatligiga nomzod qilib ko‘rsatilgan Dilbar Saidova endilikda XDPdan “Yetimqum” mahallasidan nomzod deb ko‘rsatilgan.

    — 2010-yildan 2015-yilgacha O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan tuman Kengashi deputati hamda ma’lum muddat tuman Kengashi rahbari bo‘lganman, — deydi Dilbar Saidova. — 2015-yildan ayni kunga qadar ham shu partiya a’zosiman. Qanday qilib XDPdan nomzodim ko‘rsatilishi mumkin?

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shu kabi savollariga javob izlayotgan nomzod Dilbar Saidova o‘ziga nisbatan bosim bo‘layotganini, XDPdan nomzod qilib ko‘rsatilishini so‘ragan soxta arizaga imzo qo‘yishga majburlanayotganini bildirmoqda.

    — Partiyalardan nomzodimni ulardan ko‘rsatishimni so‘rab, ko‘plab taklif bo‘lgandi. Ammo takliflarni rad etgandim, — deydi Dilbar Saidova. — O‘zLiDePning uzoq yillik a’zosi sifatida shu partiya tomonidan nomzodim ko‘rsatilishiga rozi bo‘lgandim. Joriy yil 20-noyabrga qadar men O‘zLiDePning “Yangikent” mahallasidan ko‘rsatilgan nomzodi edim. Toshkent shahrida malaka oshirishda bo‘lganimda nomzodim O‘zLiDePdan chiqarib tashlangani va XDPdan nomzod etib tasdiqlanganimni bildim. Hayratlanarlisi, Saylov komissiyasi tomonidan shu holatga roziligim va o‘z xohishim bilan yozilgan soxta arizaga qo‘l qo‘yishim uchun turli usullar bilan menga bosim o‘tkazilmoqda.

    Aniqlanishicha, Dilbar Saidova ayni kunda XDP vakili sifatida tumanning “Yetimqum” mahallasidan nomzod qilib ko‘rsatilgan. Uning eski o‘rni “Yangikent” mahallasidan esa Qiziriq tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Jamila Xudoyqulova O‘zLiDePdan nomzod qilib ko‘rsatilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbirining aniqlik kiritishicha, Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida deputatlikka nomzodlar 2019-yilning may oyidan ro‘yxatga olina boshlangan.

    Dilbar Saidova nima sababdan uning nomzodi O‘zLiDePdan olinib,  boshqa partiyadan ko‘rsatilayotganini bilishga harakat qilmoqda. Biroq hozircha bunga javob topolgani yo‘q.

    — Qiziriq tuman Saylov komissiyasi rahbari Erkin Arabov ushbu savolga aniq javob bermasdan “XDPga nomzodligimni ko‘ratishingizni so‘rayman”, — degan mazmundagi arizaga imzo qo‘yishimni so‘rayapti, — deydi Dilbar Saidova.

    Deputatlikka nomzod Dilbar Saidovaning aytishicha, unga tuman hokimi nomidan do‘q-po‘pisa qilinmoqda.

    — Kuni kecha bir nechta mutassadi xodimlar kelib, “XDP dan nomzodimni ko‘rsatishingizni so‘rayman”, — degan mazmundagi soxta arizasiga imzo qo‘yishimni so‘radi, bir necha marotaba telefon qo‘ng‘iroqlari ham bo‘ldi, — deydi Dilbar Saidova. — Yashash uyimgacha borganlari yetmagandek ish joyimga ham kelishdi. Men soxtalashtirishlarga qarshi ekanligimni va o‘zimning nomzodim dastlab ko‘rsatilgan partiyaga qaytarilishimni so‘rayapman. Buni imkoni bo‘lmasa, nima sababdan partiyam va nomzodim o‘zgargani haqida bilishni xohlayman. Ular esa “Arizaga yaxshilikcha imzo qo‘ying. Bu tuman hokimining topshirig‘i. Arizaga qo‘l qo‘yasiz yoki XDPdan nomzodimni bekor qilishingizni so‘rayman deb yozib berasiz”, — deya do‘q-po‘pisa qilishyapti.

    Gazeta-yu hujjatlarda Dilbar Saidova LiDeP emas, XDP nomzodi sifatida qayd etilgan va rasmiylashtirilgan.

    Ushbu tumanda yashovchi fuqaro Chori Mirzayevning aytishicha, u partiyadan deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatilishi uchun 170 ming so‘m pul to‘lagan. Ammo ko‘p o‘tmay uning nomzodi olib tashlangan.

    — Qiziriq tuman XDPdan nomzodimni qo‘yish 170 ming pul to‘lab nomzodimni qo‘ydirdim, — deydi Chori Mirzayev. — Partiya nashriga obuna ham bo‘ldim. Obuna uchun achinmayman. Gazeta o‘qisam o‘zim uchun foyda, ammo alam qilgani nomzodlar ro‘yxatidan olib tashlashgani. Masala yuzasidan Qiziriq tuman saylov komissiyasi raisi qabuliga borsam qabul qilishni istamadi. Va nihoyat ming urinishlar bilan tuman saylov komissiyasi rahbari qabuliga kirdim. “Chora topib beramiz Bandixon tumaniga ham nomzodlar tavsiya etishimiz kerak. Sizni shu nomzodlar ro‘yxatiga kiritib qo‘yamiz”, — deb yana bir necha kun qo‘ynimni puch yong‘oqqa to‘ldirib yurishdi. Yana murojaat qildim. Bu safar “masala bo‘yicha siz menga emas, XDPning viloyat rahbariga murojaat qilishingiz kerak”, degan javobni oldim. Telefon orqali  partiyaning viloyat rahbariga murojaat qilganimda meni tinglashga vaqt ham topmadi. Keyinchalik esa qo‘ng‘iroqlarimga uzundan uzoq “gudok” ovozlarigina javob berdi, xolos.

    Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi, deganlaridek boshqa murojaatlarga batafsil to‘xtalmadik. Birgina shu so‘zlarning o‘zi qolganlarining adolatli yechimiga turtki bo‘lib, “kattakonlar”ning saylovga aralashuvini kamaytirsa ne ajab?

    Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Surxondaryo viloyati hokimligi deputatlikka nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirilgan fuqaro to‘g‘risidagi xabarga munosabat bildirib rad etgandi.

    10.12.2019, 16:26   Izoh (0)   29909
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Senatning navbatdagi yalpi majlisi 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi

    10.12.2019, 16:11

    Nukusda YPX xodimini kapotda “sayr qildirgan” haydovchining ishini prokuratura nazoratga oldi

    10.12.2019, 15:54

    Chinozdagi uylardan birida 32 yoshli erkakning jasadi topildi

    10.12.2019, 15:39

    O‘zbekistonlik ekspertlar Chernobil AESning halokat yuz bergan 4-energoblokini ko‘zdan kechirdi

    10.12.2019, 15:23

    O‘zbekistonda xorijiy fuqarolarni ro‘yxatga olish bekor qilinadi

    10.12.2019, 15:07

    O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari delegatsiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    10.12.2019, 14:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.