• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Bu – urush”. Perl-Xarbor hujumiga 78 yil bo‘ldi

    Bundan 78 yil oldin – 1941-yilning 7-dekabr kuni ertalab vitse-admiral Tyuiti Nagumo boshchiligidagi yapon dengiz aviatsiyasi Gavayi orollari yaqinida joylashgan AQSh dengiz va havo bazasi – Perl-Xarborga dahshatli hujum uyushtirdi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi urushni boshlab berdi. Shu bilan birga, hujum yapon militarizmi tugashining boshlanishi bo‘ldi. “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov bu haqda hikoya qiladi.

    Sabab

    Perl-Xarborga qilingan hujum Yaponiyaga AQShning Tinch okeanidagi flotini zararsizlantirish, neft va kauchuk kabi tabiiy manbalarga boy Malayya va Gollandiya Ost-Indiyasini zabt etishni ta’minlash uchun kerak edi.

    Aslida Yaponiya va AQSh o‘rtasida urush ehtimoli 1921-yildan beri ikki davlat tomonidan ham bor edi. Keskinlik 1931-yilda Yaponiya Manchjuriyaga bostirib kirgan paytdan kuchaya boshladi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Keyingi o‘n yil ichida Yaponiya Xitoyda ta’sirini kengaytirishni davom ettirdi. Bu 1937-yilda keng ko‘lamli urushga olib keldi. Yaponiya Xitoyni izolyatsiya qilish va materikda g‘alaba qozonish uchun yetarli resurs mustaqilligiga erishish uchun ko‘p kuch sarfladi; janubdagi bosqinlar esa bunga yordam berishi kerak edi.

    Hujumdan oldingi vaziyat

    1941-yil o‘rtalarida AQSh prezidenti Ruzvelt Buyuk Britaniya bosh vaziri Cherchillga shunday yozgan edi:

    “Urushni e’lon qilmasdan boshlayman. Chunki Kongressdan urush e’lon qilishni so‘rasam, bu boradagi tortishuvlar uch oyga cho‘zilishi mumkin”.

    Oktabr oyi boshida, “kutilmagan” hujumdan ikki oy oldin, sovet razvedkasi xodimi Rixard Zorge Moskvaga Perl-Xarborga 60 kun ichida hujum qilinishi to‘g‘risida xabar bergan edi; bu ma’lumotni, Amerika manbalariga ko‘ra, Kreml Vashingtonga yetkazgandi.

    6-dekabr kuni kechqurun Vashington 26-noyabrdagi AQSh ultimatumiga javoban yozilgan yapon notasini oldi. Bu uzun hujjat urush e’lon qilinishi haqida gapirmasa ham, uning ma’nosi va yetkazib berilishi kerak bo‘lgan aniq vaqti (7-dekabr kuni soat 13:00 da) hamma narsani oydinlashtirib turgan edi. Ammo Tinch okeani floti joylashgan Gavayiga hech qanday ogohlantirish berilmadi. 6-dekabr soat 9:30 da (Vashington vaqti bilan) Ruzveltga yapon notasi topshirildi. Uni o‘qib chiqqan prezident “Bu – urush”, degan edi.

    1941-yil 7-dekabrdagi asosiy voqealar Ford orolida ro‘y berdi. Orolda AQSh harbiy-havo kuchlari aerodromi, uning atrofida esa kemalar to‘xtash joyi bor edi.

    Yaponiya hujumi arafasida orolda AQSh Tinch okeani flotining to‘qqizta jangovar kemasidan yettitasi yig‘ilgan edi.

    Hujumdan 50 daqiqa oldin Yaponiya imperiyasi samolyotlarini orolning shimolida joylashgan SCR-270 radari payqagan, lekin amerikaliklar bu samolyotlarni o‘ziga tegishli deb hisoblab, signal bermagan edi.

    Hujum

    1941-yil 26-noyabrda vitse-admiral Tyuiti Nagumo qo‘mondonligi ostidagi Yaponiya imperiyasi floti flot qo‘mondoni Isoroku Yamamoto buyrug‘iga binoan Iturup oroli (Kuril orollari), Xitokappu ko‘rfazidagi bazani tark etdi va Perl-Xarborga yo‘l oldi. Yapon flotilyasi oltita samolyot tashuvchi – “Akagi”, “Kaga”, “Xiru”, “Soryu”, “Syokaku” va “Dzuykaku” lardan iborat edi. Ularda 414 ta, shu jumladan qiruvchi, torpeda tashuvchi, sho‘ng‘uvchi bombardimonchi samolyotlar bor edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Samolyot tashuvchi eskort ikkita jangovar kema, ikkita og‘ir va bitta yengil kreyser hamda to‘qqizta eskadrilya mina tashuvchisidan iborat edi. Oaxuga qarshi operatsiyada oltita suv osti kemasi ham qatnashdi. Hujum joyiga mitti suv osti kemalari olib kelindi; keyinchalik ular yordamida Gavayi orollari patrul qilindi.

    7 dekabr kuni ertalab yapon aviatsiyasi Oaxudagi aerodromlarga va Perl-Xarbor bandargohiga o‘rnatilgan kemalarga hujum qildi. Hujum uchun eng qulay vaqt – yakshanba tanlandi. Ba’zi jamoalar va qirg‘oq mudofaa batareyalari xodimlari dam olishda edi. 32 ta qirg‘oq mudofaasi batareyasidan atigi sakkiztasi hujum qilganlarga qarata o‘t ochdi, shunda ham ulardan to‘rttasi tezda bostirildi.

    Natija va oqibat

    Hujum natijasida to‘rtta jangovar katta kema, ikkita esminets va bitta minadan himoya qiluvchi to‘siq cho‘ktirildi. Yana to‘rtta kema, uchta yengil kreyser va bitta esminets zarar ko‘rdi. Amerika aviatsiyasi 188 ta samolyot yo‘qotdi, 159 ta samolyot jiddiy zarar ko‘rdi. 2 403 nafar askar halok bo‘ldi (ulardan 1 102 nafari Arizona kemasi bortida bomba portlashi oqibatida o‘ldi); 1108 kishi yaralandi.

    Yaponlar 29 ta samolyot yo‘qotdi, yana 74 tasi zarar ko‘rdi. Beshta kichik suv osti kemasi turli sabablarga ko‘ra yo‘qoldi. 64 ta yapon askari halok bo‘ldi (55 uchuvchi va to‘qqiz nafar suv osti kemasi askari). Leytenant Kadzuo Sakamaki asirga olindi. U juda kichik suv osti kemasida marjonqoyaga urilgach, qirg‘oqqa chiqib qolgan edi. O‘lgan to‘qqiz nafar yapon suv osti kemasi askari milliy qahramon deb e’lon qilindi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Yuqorida aytib o‘tilganiday, Perl-Xarborga uyushtirilgan hujumdan maqsad AQShning Tinch okeani flotini zararsizlantirish va Yaponiya armiyasining Janubi-Sharqiy Osiyodagi harbiy-dengiz kuchlariga harakat qilish erkinligini ta’minlashdan iborat edi. Bu maqsadga erishilmadi, chunki Tinch okean floti kemalarining zamonaviy turlariga zarar etmadi. Birinchi Jahon urushi davridan qolgan, Perl-Xarborda o‘rnatilgan sakkizta harbiy kemadan “Arizona” va “Oklaxoma” batamom yo‘qoldi. “Pensilvaniya” va “Merilend” oz miqdorda zarar ko‘rdi va oy oxirida xizmatga qaytdi. “Tennessi” va “Nevada” jiddiy zarar ko‘rib, 1942-yil fevral va oktabr oylariga qadar ta’mirlandi. “Kaliforniya” va “G‘arbiy Virjiniya” faqat 1944-yilga kelibgina tiklandi.

    Shu kuni AQSh Yaponiyaga qarshi urush e’lon qildi va Ikkinchi Jahon urushiga kirdi. Bu hujum tufayli, ayniqsa u kutilmaganda sodir bo‘lgani sababli Amerikada jamoatchilik fikri 1930-yillar o‘rtalaridagi izolyatsionistik pozitsiyadan to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy harakatlarda ishtirok etish pozitsiyasiga keskin almashdi.

    1941-yil 8-dekabrda AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt Kongressning har ikki palatasi qo‘shma yig‘ilishida nutq so‘zladi. Prezident “Tarixga sharmandalik ramzi sifatida kiradigan kun” – 7-dekabrdan boshlab Yaponiyaga qarshi urush ochishni talab qildi. Kongress tegishli rezolyutsiyani qabul qildi.

    Shunday qilib, Tinch okeani urush teatri o‘z premyerasini o‘tkazib oldi. Oldinda har ikki davlatni atom bombasi ishtirokidagi dahshatli urush kutar edi. Lekin bu alohida mavzu.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    07.12.2019, 08:49   Izoh (0)   56385
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03

    Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 21:40

    O‘zbekiston Kubogi. “Buxoro” “OKMK”ni mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 25 iyun, 21:38

    NATO yetakchilari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va mudofaa xarajatlarini ko‘paytirishga kelishib oldi

    Dunyo | 25 iyun, 21:10

    Andijonda fuqaroga 300 mln so‘m imtiyozli kredit rasmiylashtirib berish evaziga 1000 dollar olgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 20:55

    Tramp AQSHning Eronga bergan zarbalarini Xirosima va Nagasaki bilan taqqosladi

    Dunyo | 25 iyun, 20:45

    Isroildagi universitetning oltita laboratoriyasi Eron hujumlari oqibatida vayron qilindi

    Dunyo | 25 iyun, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.