Andijon shahrida 4-dekabr, chorshanba kuni soat 14:13 atrofida 2-kichik daha “Sog‘lom avlod” MFY Lermontov ko‘chasidagi 7-sonli ko‘p qavatli uyda qo‘lbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Xabar berilishicha, portlash va yong‘in 30 yoshli fuqaro D.S.ning xonadonida o‘rnatilgan gaz tortgich moslamasida uyda hech kim yo‘qligi va nazoratsiz qolishi oqibatida ko‘p miqdorda gaz to‘planib chaqnashi natijasida kelib chiqqan.
Mavzuga doir: Andijonda ko‘p qavatli uyda portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizildi (video)
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Voqea yuz bergan joyga Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov yetib borgan va mutasaddi tashkilotlarga yuzaga kelgan zararni qoplash, fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish yuzasidan topshiriq bergan. Shuningdek, hodisa yuz bergan joyga favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligida tezkor guruh jo‘natilgan.
Izoh (0)