Namangandagi viloyat perinatal markazida uch egizak dunyoga keldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu markazda shu kungacha 218 nafar egizak tug‘ilgan. Namangan shahrida istiqomat qiluvchi Manzura Usmonova dunyoga keltirgan chaqaloqlar esa shu yilning o‘zidagi to‘qqizinchi uch egizak bo‘ldi.
— O‘zimning uch nafar qizim bor. Endi ularning safiga yana ikki qiz va bir o‘g‘ilni qo‘shib oldik, — deydi Manzura Usmonova.
Namangan shahridagi 1-sonli FHDYo vakillari tomonidan chaqaloqlarning onasiga markazning o‘zida tug‘ilganlik haqida guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.
Uch egizakka Fotima, Zuhra va Muhammadmustafo degan ismlar qo‘yildi. Ularning holati yaxshi ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)