Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Shovot” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelayotgan shaxs bosh kiyimida kumush taqinchoqlarni yashirib olib kirmoqchi bo‘lgani fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, fuqaro T.M. belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Natijada ushbu shaxs bosh kiyimining ikki yon tomoniga og‘irligi 97,40 gramm bo‘lgan ayollar kumush taqinchoqlarini yashirib olganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun, amaldagi tartiblarga ko‘ra, jismoniy shaxslar 65 grammgacha og‘irlikdagi qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini O‘zbekiston hududiga bojxona bojisiz olib kirishi mumkin.
Izoh (0)