Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati o‘tgan hafta davomida YPX inspektorlari tomonidan qayd etilgan YHQ qoidabuzarliklari statistikasini taqdim etdi.
“Qish mavsumida qolgan fasllarga qaraganda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish bo‘yicha talabchanroq bo‘lishi mumkin. Mas’uliyatsiz haydovchilarning xatti-harakatlari sovuq va nam asfaltda achinarli oqibatlarga olib kelishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
25-noyabrdan 1-dekabrgacha bo‘lgan davr ichida yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq 17 786 ta faktlar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan qayd etildi, shulardan 3747 tasi – qo‘pol tarzdagi qoidabuzarliklardir. O‘tgan haftada poytaxtda eng ko‘p kuzatilgan qoidabuzarlik quvib o‘tish qoidalarini buzish (1150 ta), to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish (763 ta), svetoforning taqiqlovchi belgisini mensimaslik (401 ta) bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga ko‘ra quvib o‘tish qoidalarini buzish eng kam oylik ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Izoh (0)