Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning Samarqand, Termiz va Qarshi shaharlarida sezildi.

Foto: FVV matbuot xizmati

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, yer qimirlashi 3-dekabr kuni Toshkentdan 542 kilometr janubda, soat 11:06 da yuz bergan.

Zilzila magnitudasi 5,2, chuqurligi 100 kilometrni tashkil etgan. Yer osti silkinishlari kuchi Samarqandda va Qarshida 2 ball, Termizda 3 ballni tashkil etgan.