• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “MIB idorasida bor tok nega bizning uyda yo‘q?”. Aholi elektr uzilishlaridan charchaganini aytmoqda

    O‘zbekistonda sovuq kunlar boshlanganidan beri eng dolzarb muammo — energiya ta’minotidagi, xususan, elektr tarmoqlaridagi uzilishlar bo‘lib turibdi. Ushbu holat nafaqat ijtimoiy tarmoqlarda, balki rasmiy doiralarda ham faol muhokama qilinmoqda, energiya ta’minoti mutasaddilari muttasil tanqid qilinmoqda. “Daryo” muxbirlari hududlardagi elektr ta’minotidagi uzilishlariga e’tibor qaratdi.

    Foto:

    Foto: "Daryo"

    Qashqadaryo viloyati

    Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Sho‘rbozor qishlog‘ida yashovchi aholining ijtimoiy tarmoqlardagi videomurojaatidan ma’lum bo‘lishicha, qishloqda elektr ta’minoti bo‘yicha muammo ko‘p. “Rossiyadan mehmon kelgan, ammo ‘svet’ yo‘q, ‘svet’siz mehmon kuzatyapmiz, hamma qorong‘uda o‘tiribdi. Mana, bolalar ham ‘svet’siz o‘tiribdi, dars qilolmayapti. Televizor ham ko‘rsatmaydi”, — deydi videomurojaat yo‘llagan chiroqchilik.

    O‘z videomurojaatini ijtimoiy tarmoqqa joylagan chiroqchiliklar mas’ullardan suv va gaz bo‘lmasa ham, hatto ish va pul bo‘lmasa ham elektr bilan ta’minlab berishni so‘ragan. “Suv bo‘lmasa ham, gaz bo‘lmasa ham ‘svet’ berishsin”, – deydi videomurojaatdagi fuqaro. Xuddi shu qishloqda yashovchi yana bir fuqaroning videomurojaati esa davlat rahbari va energiya ta’minotiga mas’ul tashkilotlarga qaratilgan.

    “Bizning yoshligimiz o‘tdi. Ammo mana bu bolalarimizning hayoti barbod bo‘lmasin. Ularning ham orzu-havaslari bor. Ularni ham xuddi o‘z bolangizdek ko‘ring, iltimos! Hurmatli Prezident, rahbarlarimiz, tasavvur qiling — farzandlaringiz shunday ahvolda o‘tirsa, sizga ma’qul bo‘larmidi? Agar bo‘lmaydigan bo‘lsa, ‘Bo‘lmaydi’, deb aytinglar, shunga qarab harakatimizni qilamiz”, — deb aytgan fuqaro o‘z videomurojaatida.

    “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning qo‘shimcha qilishicha, Qarshi tumani Bog‘obot mahallasida ham elektr toki tez-tez o‘chadigan bo‘lib qolgan.

    Andijon viloyati

    Andijon viloyatining deyarli barcha shahar va tumanlarida ham elektr energiyasi uzilishi bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda. Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan ma’lum qilishlaricha, uzilishlar belgilangan jadval asosida amalga oshirilmoqda. Murojaatlarning asosiy qismi Jalaquduq, Bo‘ston (Bo‘z), Paxtaobod, Ulug‘nor, Asaka, Buloqboshi, Shahrixon, Oltinko‘l tumanlaridan.

    Misol uchun, Asaka shahri Tillaxon ko‘chasida yashovchi Akromjon Qosimov o‘zi yashayotgan hududda elektr energiyasi bir kunda yarim soatdan 8—9 marotaba o‘chirilayotganligidan noroziligini bildirdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov.

    “Mahallamizga ulangan transformator juda eskirgan, bundan tashqari yangi xonadonlar qo‘shilishi va ulovchilar soni keskin oshishi hisobiga quvvati yetmayapti. Mutasaddilarga bir necha marta murojaat qilganmiz. Har safar hal qilishga va’da berishadi. Ammo natija yo‘q. Achinarlisi, aholida elektr bo‘lmasa-da, mahalla hududida joylashgan Majburiy ijro byurosi idorasida tok doim mavjud. Xalq qorong‘uda o‘tirsa bo‘laveradiyu, MIBga mumkin emasmi?”, — deydi Akromjon Qosimov.

    Buxoro viloyati

    “Daryo” muxbiri Laylo Hayitovaning xabar berishicha, Buxoro viloyatida ham elektr tokida uzilishlar ko‘paygan. Ma’lum bo‘lishicha, viloyatning Peshku tumanida uzilishlar ayniqsa ko‘p. Tumanning Afshona, Sadir, Qo‘rg‘ontepa, So‘filar hududlarida har kuni soat 18:00 dan 20:00 gacha elektr toki berilmayapti. Mutasaddilar izohiga ko‘ra, uzilishlar aholining elektr energiyasidan ko‘p foydalanayotgani sabab yuz bermoqda.

    Mutasaddilarning bunday bahonalariga aholining javob tayyor. “Shahar aholisi elektrda ishlovchi minglab texnika vositalaridan foydalanadi, lekin ular bunday muammolarga duch kelmaydi. Gazdan uzib qo‘yishgani kamdek endi elektr energiyasidan ham uzib qo‘yishyapti. Yana tezak, yana o‘tin. Muammolarimiz qachon yechim toparkin?”, — deydi ismini oshkor qilishni istamagan suhbatdosh.

    Mavzuga doir: Samarqandda o‘quvchilar nega elektrsiz, sovuq maktablarda o‘qiyapti? Respublika energotizimi “bir maromda ishlashi kerak” bo‘lgani uchun

    Namangan viloyati

    “Daryo”ning Namangan viloyatidagi muxbiri Azizbek Abduvaliyevning yozishicha, viloyatda 1-dekabrdan elektr ta’minotida birmuncha jonlanish kuzatilgan. Biroq transformator portlashi yoki sim uzilishi kabi holatlar tufayli yuz berayotgan avariyalarni bartaraf etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilmoqda. “Buni ijtimoiy tarmoqlarga bo‘layotgan ko‘plab murojaatlardan ham payqash mushkul emas”, — deydi Azizbek Abduvaliyev.

    Namangan viloyatida elektr ta’minotidagi muammolar bo‘yicha murojaatlar Namangan shahri, To‘raqo‘rg‘on, Uychi va Chust tumanlarida nisbatan ko‘proq bo‘lmoqda. Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi murojaatlarning ko‘payishiga elektr energiyasi tizimiga yuklamalarning haddan tashqari ortib ketgani va avariya holatlarining oldini olish maqsadida qo‘llanayotgan cheklovlar sabab bo‘layotganini tan oldi.

    Ayni vaqtda korxona vaqtinchalik uzilishlar haqida aholini OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali oldindan ogohlantirib bormoqda.

    Xulosa o‘rnida

    Eslatib o‘tamiz, 27-noyabr kuni bosh vazir Abdulla Aripov raisligidagi energiya ta’minotidagi muammolarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazib, soha mutasaddilarini keskin tanqid qilgan edi. Xususan, hatto metropoliten faoliyati va teleuzatishlar vaqtida ham elektr uzilib qolishini bosh vazir “sharmandali holat” deya ta’riflagan edi. Ushbu selektordan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston 1-dekabrdan boshlab Turkmanistondan elektr energiyasi import qilishi haqida xabar berildi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonga 1-dekabrdan “Turkmanenergo” elektr yetkazib beradi. Uzilishlar soni keskin kamayishi aytilmoqda

    02.12.2019, 08:14   Izoh (0)   24313
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nukusda Spark haydovchisi YPX xodimini kapot ustida yarim kilometr “sayr qildirdi” (video)

    02.12.2019, 07:38

    Video: IIB Nexia’si ag‘darilib, yonib ketdi

    02.12.2019, 07:22

    Qarshi tumanida gazsizlikdan qiynalayotgan aholiga “saylov o‘tgunicha” gaz berildi. Tuman gaz idorasi esa “hammasi saylovgacha” degan gap-so‘zlarni rad etmoqda

    02.12.2019, 07:07

    Farg‘onada “Toza hudud” xodimi soxta kvitansiyalar orqali aholidan 6 mln so‘m yig‘ib oldi

    01.12.2019, 22:13

    Senat: Aksariyat soha vakillarining maoshi ko‘tarilishi uchun kasaba uyushmalari jon jahdi bilan kurashishi kerak

    01.12.2019, 21:12

    Venada O‘zbekiston—Avstriya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi

    01.12.2019, 20:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kechqurun tomosha qilish uchun: horror janridagi 5 ta eng qiziqarli koreys filmi

    Kino | 25 avgust, 14:15

    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?

    Reklama | 25 avgust, 13:30

    O‘zbekistonda Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 14:02

    Ukraina Donetskdagi uchta qishloqni Rossiya harbiylaridan “tozaladi”

    Dunyo | 25 avgust, 13:35

    “Real” Rodrigo bo‘yicha APLning 3 ta klubidan taklif kutmoqda

    Sport | 25 avgust, 13:25

    Qozog‘istonda suvni tejaydigan guruch navi yaratildi

    Qozog‘iston | 25 avgust, 13:00

    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi

    Reklama | 25 avgust, 12:00

    “Hibsga olinishim fransuz politsiyasining xatosi bo‘lgan” — Pavel Durov

    Dunyo | 25 avgust, 12:40

    “Baʼzi direktorlar norozi bo‘ldi, ammo javobgarlikni zimmaga oldim” — Surxondaryo hokimi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 12:30

    O‘zbekiston eksport qilgan 21 tonna qovun Qirg‘izistonga kiritilmadi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 12:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.