• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    2-dekabr – xalqaro qullikka qarshi kurash kuni. Insoniyat qullikka qarshi qanday kurash olib borganini esga olamiz

    2-dekabr xalqaro miqyosda qullikka qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Bu sana qanday voqea bilan bog‘liq, umuman, qullik o‘tmishda qanday bo‘lgan, bugun qanday ko‘rinishlarda mavjud – bu haqda “Daryo” kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh hikoya qiladi.

    Qullik insoniyat paydo bo‘lganidan beri bor. Qadimgi dunyo tarixi manbalarida qullar haqida juda ko‘p yozilgan. Yaqin-yaqingacha jangu-jadal va urushlarda asir tushgan insonlar qulga aylantirilgan.

    Foto: Google Photos

    O‘rta asrlarga kelib Yevropada urush asirlarini qulga aylantirish birmuncha barham topdi. Ammo, boshqa tarafdan, endi yevropaliklar Amerika qit’asini kashf etib, u yerga Afrikadan ozod insonlarni olib kelib, qul qilib sota boshladi. O‘zini eng madaniyatli inson deb biladigan yevropalik ziyolilar ham gap aylanib qulga, quldorlikka taqalganda buni odatiy hol deb qabul qilar edi. Bunday holat XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etdi.

    Quldorlik jahon miqyosida kamayishida AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolnning xizmatlari beqiyosdir.

    1861-yilda prezident etib saylangan Linkoln 1862-yilda AQShda qullikni tugatish haqidagi qarorga imzo chekdi. 1893-yilda esa qullarni ozod qilish haqida proklamatsiya e’lon qildi. Janub va shimol o‘rtasida fuqarolar urushi kelib chiqdi. Janub shtatlari quldorlikni tugatishga qarshi edi.

    1865-yili fuqarolar urishi tugab, janub shtatlari mag‘lubiyatga uchraganiga qadar Linkoln imzo chekkan qarorni amalga oshirish imkoni bo‘lmadi.

    1865-yilda AQSh konstitutsiyasiga 13 ta o‘zgartirish kiritish haqida deklaratsiya qabul qilindi. Qullikni bekor qilish AQSh konstitutsiyasida belgilab qo‘yildi. 1865-yilda uni dastlab to‘rtta shtat ratifikatsiya qildi. Birin-ketin boshqa shtatlar ham qabul qildi.

    Qonunni oxirgi bo‘lib 2013-yilda Missisipi shtati ratifikatsiya qildi.

    Foto: Google Photos

    Linkolnning qullikni bekor qilish haqidagi qarori va qullarni ozod qilish haqidagi proklamatsiyani imzolashining ahamiyati shundaki, AQShga Afrikadan qul olib borish to‘xtadi. To‘g‘ri, qonun chiqqanidan so‘ng ham kimlardir bu ish bilan yashirincha shug‘ullanib turdi. Ammo, oradan biroz o‘tib, baribir bu ish barham topdi.

    Ikkinchi jahon urushidan so‘ng yangi tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyoda qullik va odam savdosini tugatish uchun bir qator deklaratsiya va konvensiyalar qabul qildi. Jumladan, 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida, shuningdek, boshqa bir qator xalqaro huquqiy hujjatlarda “barcha insonlar qadr-qimmati va huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladi”, deb belgilab qo‘yilgan.

    Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingandan so‘ng 1949-yil 2-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasi N 317 raqamli “Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanfurushlikdan foydalanishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi konvensiyani qabul qildi. O‘shandan beri 2-dekabrь xalqaro miqyosda odam savdosiga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.

    BMT qabul qilgan konvensiya 28 moddadan iborat bo‘lib, u yerda insonlarni qullika va fohishalikka majburlash jinoyat ekani va insonlarni qullikka va fohishalikka majburlaydigan insonlar adolatli jamiyatlarda jazosiz qoldirilmasligi lozimligi aniq yozib qo‘yilgan va davlatlardan konvensiyani ratifakatsiya etib, unga qo‘shilish so‘ralgan.

    O‘zbekiston konvensiyani 2003-yil 12-dekabr kuni ratifikatsiya qilgan va unga qo‘shilgan.

    Konvensiya qabul qilinganiga bugun rosa 70 yil to‘ldi.

    BMT va Xalqaro mehnat tashkiloti odam savdosiga qarshi qator konvensiyalar qabul qildi. O‘zbekiston ularning aksariyatini ratifikatsiya qilgan.

    Qullikka qarshi xalqaro konvensiya qabul qilinishi.

    Qullikka qarshi xalqaro konvensiya qabul qilinishi.
    Rasm muallifi: Benjamen Haydon

    Odam savdosiga qarshi kurash masalasida milliy qonunchiligimizda ham bir nechta huquqiy hujjat bor:

    O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi: 135-modda: “Odamlardan foydalanish uchun ularni yollash”, 137-modda: “Odam o‘g‘irlash”, 138-modda: “Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish”;

    “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun (2008-yil 17-aprelda qabul qilingan);

    O‘zbekiston Prezidenti 2008-yil 8-iyulda qabul qilgan “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-911-sonli qaror;

    Vazirlar Mahkamasi 2008-yil 5-noyabrda qabul qilgan “Odam savdosi jabirdiydalarga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror.

    Shuningdek, mustaqillik yillarida xorijiy davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilikning (shu jumladan, odam savdosining) xavfli ko‘rinishlariga qarshi kurash haqida umumiy 29 ta shartnoma va kelishuv imzolangan.

    O‘zbekiston odam savdosiga qarshi kurashish yuzasidan davlatlararo hamkorlikni kuchaytirish maqsadida 2005-yili MDH doirasida “Odam savdosiga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi kelishuvga qo‘shilgan. Nihoyat, 2006-yilda sakkiz a’zo mamlakat doirasida “Odam savdosiga qarshi kurashning 2007–2010-yillarga mo‘ljallangan dasturi” qabul qilingan edi.

    AQShdagi qullar.

    AQShdagi qullar.
    Foto: Wikipedia

    Umuman, bugun dunyoda turli xalqaro konvensiyalar va barcha mamlakatlarning milliy qonunchiligida odam savdosi va qullikka qarshi qonunlar qabul qilingan. Shunday bo‘lsa-da, bugun ham xalqaro darajada odam savdosi va insonlarni qul qilish davom etmoqda. Bir paytlar odam savdosi va qullik oshkora tarzda olib borilgan bo‘lsa, hozir bu ish yashirincha jinoiy guruhlar tomonidan amalga oshirilyapti. Aksariyat hollarda odam savdosi qurbonlari va fohishalikka majburlanayotgan ayollar mehnat muhojirlari bo‘lmoqda.

    Eng yomoni, odam savdosi va ayollarni fohishalikka majburlash jinoyatlari dunyoning notinch hududlari bilan birgalikda rivojlangan davlatlarda ham ro‘y bermoqda. O‘z yurtidan begona yurtlarga ish izlab borgan insonlar o‘zga muhitda til bilmasligi, borgan davlatidagi qonun-qoidalarni bilmasligi oqibatida odam savdosi qurboniga aylanib, og‘ir vaziyatlarga tushib qolmoqda. Erkaklar og‘ir ishlarga, ayollar esa fohishalik qilishga majburlanmoqda.

    Odam savdosi jinoyatidan jabrlanayotganlarning 80 foizi ayol va bolalardir. Har yili dunyo bo‘ylab millionlab ayollar va bolalar aldov yo‘li bilan xorijiy mamlakatlarga olib ketilib, sotib yuborilmoqda.

    Bunday insonlar ayrim hollarda ichki a’zolar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi xalqaro jinoiy to‘dalar qo‘liga tushib qurbon bo‘lmoqda.

    BMT ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda har yili taxminan 5 million kishi odam savdosi qurboniga aylanmoqda.

    Bugungi kunda odam savdosi tufayli aylanyotgan mablag‘ miqdori giyohvand moddalar va qurol-yarog‘ savdosidan so‘ng uchinchi o‘rinda turadi.

    Odam savdosi qurbonlari va undan jabr ko‘rayotganlar bugun 50 million kishi atrofida deb taxmin qilinadi.

    Afrika va Osiyo qit’alaridagi Sudan, Mavritaniya, Somali, Angola, Liviya, Pokiston, Hindiston, Nepal, Myanma, Suriya, Iroq kabi mamlakatlarda, ular BMTning Odam savdosiga qarshi konvensiyasiga qo‘shilgan bo‘lsa-da, qul savdosi oshkora davom etmoqda.

    Xalqaro mehnat tashkilotining hisobotiga ko‘ra bugun odam savdosi ortidan olinayotgan daromad yiliga 150 milliard dollarni tashkil etmoqda.

    Bu mablag‘ning 100 milliard dollarga yaqini ayollarni fohishalikka majburlash ortidan ishlab topiladi. Qolgan mablag‘ esa odamlarni sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligida qul qilib ishlatish ortidan daromad qilinadi.

    Odam savdosidan orttiriladigan daromadni hududlar bo‘yicha taqsimlansa, birinchi o‘rinda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi turibdi. Bu mintaqada odam savdosidan yiliga 50 milliard dollardan oshiq daromad olinmoqda. Nintaqada bitta odam yiliga 5 ming dollar foyda keltiradi.

    Yevropa mamlakatlari va AQShda odam savdosi ortidan bitta odam Osiyo-Tinch okeani mintaqasidan ko‘ra bir necha baravar ko‘proq foyda keltiradi. Odam savdosi bu mintaqada yiliga qariyb 50 milliard daromad keltiradi.

    Rossiya imperiyasidagi qullik.

    Rossiya imperiyasidagi qullik.
    Foto: Wikipedia

    Yevrosiyo mintaqasida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari ko‘proq boradigan Rossiyada ham odam savdosi ancha rivojlangan. BMT va boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar xulosasiga ko‘ra, Rossiyada har yili millionlab mehnat muhojirlari odam savdosi jabrdiydalariga aylanadi.

    Global Slavery Index hisobotiga ko‘ra, Rossiya odam savdosi bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinda turadi.

    O‘zbekistonga kelsak, afsuski, nafaqat xorijliklar, balki o‘z yurtdoshlarimiz tomonidan ham hamyurtlarimizni aldab xorijga sotib yuborish holatlari judayam ko‘p. Bu holatga qarshi tegishli organlar samarali ishlar olib boryapti. Ammo fuqarolarimizning huquqiy savodxonligi past ekani, xorij mamlakatlarida qullik asoratiga tushib chorasiz qolishlari odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olishga va hammasiga chora ko‘rishga to‘siq bo‘lyapti. Umuman olganda, hali bu sohada qilinadigan ishlar ko‘p.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    02.12.2019, 18:35   Izoh (0)   51042
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.