Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 14-turi doirasida 1-dekabr, yakshanba kuni navbatdagi 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Antonio Konte boshqaruvidagi Milanning “Inter” jamoasi “Juzeppe Meatssa” stadionida SPALni sinovdan o‘tkazdi.
Uchrashuvning 16 hamda 41-daqiqalarida neradzurrilar hujumchisi Lautaro Martines ikki bor raqib darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 50-daqiqaga kelib mehmon jamoa yarim himoyachisi Mattia Valoti o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa milanliklar o‘z maydonida kechgan bahsda SPALni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Inter” ochkolari sonini 37 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. SPAL esa 9 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.
Shu kuni Stefano Pioli qo‘l ostidagi “Milan” mehmonda “Parma” bilan bahsga kirishdi.
Bellashuvdagi yagona gol 88-daqiqa urildi. Unga Milan klubi himoyachisi Teo Ernandes mualliflik qildi.
Natijada “Milan” yagona gol evaziga g‘alaba qozondi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (1:0).
Qayd etish joiz, “Milan” 17 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 11-pog‘onani band qilib turibdi. “Parma” esa 18 ochko yig‘ib 9-o‘rinda bormoqda.
A Seriya
14-tur bahsi
1-dekabr, yakshanba
“Inter”—SPAL 2:1
Gollar: 1:0 — 16 Martines, 2:0 — 41 Martines, 2:1 — 50 Valoti“Latsio”—“Udineze” 3:0
Gollar: 1:0 — 9 Immobile, 2:0 — 36, penalti Immobile, 3:0 — 45, penalti Luis“Parma”—“Milan” 0:1
Gol: 0:1 88 TeoYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)