• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    1-dekabr – birinchi o‘zbek lotin alifbosi joriy etilgan kun. U haqda nimalarni bilishimiz kerak?

    1929-yil 1-dekabrda O‘zbekiston arab xatidan lotin alifbosiga o‘tdi. Shu sana munosabati bilan bloger va tilshunos Eldar Asanov o‘zbek tilini lotinlashtirishning birinchi loyihasi tarixiga to‘xtaladi.

    XX asrda O‘zbekiston tashkil topishi bilan bu erda shakllangan millat – o‘zbeklar uchun yozma til ishlab chiqish muammosi ko‘tarildi. Bunga qadar o‘zbeklar hamda uning ajdodlari arab xatiga asoslangan fors alifbosidan foydalanib kelgan edi. Zamon o‘zgarishi, til zamonaviylashishi va boshqa omillar tufayli alifboni qayta ko‘rib chiqishga ehtiyoj tug‘ildi.

    Rossiya musulmonlari modern asriga qadam qo‘ydi

    XIX asrning ikkinchi yarmida qrimlik buyuk islohotchi – Ismoil Gasprinskiy boshlab bergan ma’rifatparvarlik faoliyati Usmonli saltanati, Erondagi Qojar davlati, Rossiya va Sin imperiyalarida istiqomat qiluvchi turkiy tilli musulmonlar orasida chinakam modernizm harakatiga aylandi. Shu davrdan XX asr 20-yillariga qadar bu xalqlar intelligensiyasi turli integratsion loyihalarni ilgari surdi. Bu loyihalar ichida barcha turkiy xalqlar uchun lotin yozuvi negizida yagona alifbo ishlab chiqish g‘oyasi ham bor edi. Loyiha nomi – yanalif (“yangi alifbo” birikmasining qisqartmasi).

    Yanalifdagi gazeta, Qozog‘iston SSR.

    Yanalifdagi gazeta, Qozog‘iston SSR.
    Foto: Wikipedia

    O‘rta Osiyoda milliy respublikalar tuzilishidan avval uchta davlat tuzilmasi bor edi: Xiva xonligi, Buxoro amirligi, Turkiston ASSR. Ularning intelligensiyasi 1920-yildan e’tiboran yanalif loyihasini muhokama qila boshladi, lekin ziyolilarning kattaroq qismi (ayniqsa buxoroliklar) arab alifbosini modernizatsiya qilish tarafdori bo‘lib qolaverdi. 1921-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘lka syezdida “lotinchi”lar mag‘lub bo‘ldi.

    1924–1925-yillarda milliy respublikalar tuzilishi bilan o‘zbek ziyolilari bitta davlat tuzilmasida to‘plandi va sa’y-harakatlarini birlashtirdi. Toshkentda Yangi alifbo markaziy qo‘mitasi tuzildi. U yangi alifbo yaratish ishlarini muvofiqlashtirib bordi.

    Lotinlashtirishning boshlanishi

    1926-yilgi Boku syezdida barcha turkiy xalqlar uchun yagona lotin alifbosi joriy etilishi haqida qaror qabul qilindi. Qaror ijrosini O‘zbekistonda ta’minlash uchun bir qancha alifbo loyihalari ilgari surildi. Ular 1929-yil may oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan imlo konferensiyasida ko‘rib chiqildi. Konferensiyada rus turkologlari Aleksandr Samoylovich, Lev Shcherba, qrimtatar tilshunosi Bakir Cho‘bonzoda, o‘zbek olimlari Sadriddin Ayniy, Fitrat va boshqalar qatnashdi.

    1928-yilda Yangi alifbo markaziy qo‘mitasi taklif etgan alifbo loyihasi.

    1928-yilda Yangi alifbo markaziy qo‘mitasi taklif etgan alifbo loyihasi.
    Foto: Zaynobiddin Abdurashidov

    Muhokamalar natijasiga ko‘ra:

    - o‘zbek tilini yozuvda ifoda etish uchun 34 harfdan iborat lotin alifbosi qabul qilindi;

    - o‘zbek adabiy tili qipchoq shevalariga asoslanishi belgilandi;

    - yozuvda singarmonizm – unlilar uyg‘unligi aks etishi, barcha o‘zlashma so‘zlar bu qonuniyatga moslab yozilishi tasdiqlandi.

    Ma’lumot uchun:

    Singarmonizm – unlilar uyg‘unligi hodisasi bo‘lib, unga ko‘ra, unlilar ikki variantda: yumshoq va qattiq talaffuz etiladi. Bitta so‘z tarkibida yo qattiq, yo yumshoq unlilar qo‘llanishi mumkin. Singarmonizm turkiy tillarning o‘ziga xos jihati hisoblanadi. Bugungi kunda singarmonizm o‘zbek tilining qipchoq, o‘g‘uz shevalarida, shuningdek, Farg‘ona vodiysi va Janubiy Qozog‘iston qarluq shevalarida saqlanib qolgan.

    Shu tariqa yangi o‘zbek tili paydo bo‘ldi. Samarqand konferensiyasida 29 banddan iborat imlo qoidalari ishlab chiqildi. 1929-yil 1-dekabrdan lotin yozuviga rasman o‘tildi.

    Birinchi o‘zbek lotin alifbosi.

    Birinchi o‘zbek lotin alifbosi.
    Foto: Wikipedia

    Ko‘pgina mutaxassislar birinchi o‘zbek lotin alifbosi XX asrda o‘zbek tili uchun ishlab chiqilgan barcha yozuv loyihalari ichida eng qulayi bo‘lgan deb hisoblaydi. Buning sababi – alifbo fonetik prinsipga asoslangan va tilning fonetik kartinasini to‘liq aks ettirgan. Jumladan, o‘zbek tilidagi singarmonizm hodisasini va unlilarni aks ettirish uchun to‘qqizta harf qabul qilingan.

    Ma’lumot uchun:

    Bugungi o‘zbek tilida ishlatiladigan “o” tovushi lotin alifbosida yo‘q edi. “O” harfi bugungi “o‘”day o‘qilardi. “O” tovushi esa “a” harfi bilan ifodalanar edi. Shunday qilib, quyidagi rasmda aks etgan roman so‘zi “ro‘mon”, Çolpan so‘zi esa “Cho‘lpon” o‘qiladi.

    Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani. 1936-yil.

    Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani. 1936-yil.
    Foto: Zaynobiddin Abdurashidov

    O‘zbekistonni o‘zbeklashtirish

    Yangi alifboni joriy etish boshlandi. Respublikaning barcha hududlarida (u payti O‘zbekiston SSSR tarkibiga Qoraqalpog‘iston kirmas, lekin Tojikiston ASSR hamda boshqa bir qancha muxtor tumanlar kirardi) peshlavhalar, rasmiy hujjatlar, gazeta va jurnallar lotin yozuvidagi o‘zbek tiliga o‘tkazildi.

    Ayni paytda tilni boyitish, atamalarni o‘zbeklashtirish bo‘yicha ishlar davom etdi. Bu ishni jadid ma’rifatparvari Elbek boshlab bergan edi – u 1923-yilda “Turkiston” gazetasida, keyinroq “Inqilob” jurnalida e’lon qilgan lug‘atida chet el atamalarini o‘zbekcha atamalar bilan almashtirishni taklif qildi. U lug‘atda 550 ta mana shunday atama keltirdi. Lug‘atning kirish qismida shunday deyilgan edi:

    Bu lug‘atni tuzishdan maqsad barcha chet so‘zlarni tilimizdan haydab chiqarish va haqiqiy o‘zbek atamalarini yaratishdir. Lug‘atni tuzishda biz jonli tilda qo‘llanilayotgan so‘zlardan foydalandik, hozirgi tilimizda bo‘lmagan so‘zlarni eski tilda yozilgan asarlardan oldik, qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, biz bunday so‘zlarni o‘zimiz sun’iy yasadik.
    Bundan tashqari, 30-yillarda o‘zbek shevalarini o‘rganib, ularning materiallari asosida lug‘at boyitib borildi. Ayniqsa dehqonchilik, paxtachilik, chorvachilik, bog‘dorchilik, baliqchilik singari sohalardagi terminologiyani rivojlantirishga e’tibor qaratildi.

    Hamid Olimjonning “Ko‘klam” she’riy to‘plami. 1929-yil.

    Hamid Olimjonning “Ko‘klam” she’riy to‘plami. 1929-yil.
    Foto: Zaynobiddin Abdurashidov

    Ma’lumot uchun:

    - “paxta”, “tola”, “g‘o‘za”, “chanoq”, “tomir”, “ildiz”, “ko‘sak”, “ko‘rak” (g‘o‘zani sovuq urgandan so‘ng yaxshi pishmay qolgan hosil), “chigit” kabi so‘zlar shu yillarda adabiy tilga olib kirildi;

    - 30-yillarga qadar o‘zbek tili lug‘atlarida baliqchilikka oid besh-oltita so‘z bo‘lgan xolos. Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonga ekspeditsiya davomida baliqchilik terminologiyasiga oid 500 ga yaqin so‘z topilib, adabiy tilga kiritildi. Ayrim misollar: “oynako‘z” (ruschasi “белоглазка”), “aqchavaq” (“килька”), “olabug‘a” – (“окунь”), “baqra” – (“осётр”), “joyna” (laqqa baliqning eng yirik turi, eng kattasi 200 kilogrammgacha bo‘ladi), “zog‘ora baliq” – (“камбала”), “qayaz” – (“усач”), “loppish” – (“сом”), “marqa” (“жерех”), “suvon, so‘gan” (“усач”), “sunuk” (“шамайка”), “tobon” (“салака”), “to‘rta” (“сорга”), “qoziqbosh” (“маринка”), “qorago‘z” (“черноглазка”).

    Rus millatchiligining bosh ko‘tarishi

    1930-yillarning o‘rtalarida SSSRda til siyosati o‘zgara boshladi. Avvalo, barcha turkiy xalqlar bitta alifbodan foydalanishi ularning integratsiyasini kuchaytirayotgan edi, bu esa bolsheviklarni tashvishga solmay qo‘ymadi. Ikkinchidan, bolsheviklar orasida rus millatchilari yana ovoziga ega bo‘la boshladi. Ularning sa’y-harakatlari bilan har bir turkiy xalqqa kirill yozuvi asosida bir-biridan farq qiladigan alohida alifbo ishlab chiqishga qaror qilindi. Bu bilan bolsheviklar ikkita maqsadga erishdi:

    - turkiy xalqlar integratsiyasiga chek qo‘yish;

    - SSSRdagi turkiy tillarni ruslashtirish.

    O‘zbek adabiy tili bazisi qipchoq shevalaridan forslashgan va singarmonizmni yo‘qotib borayotgan qarluq shevalariga ko‘chirildi. Yozuvdan ham singarmonizm olib tashlandi. 1934-yili Ө ө, Y y, Ь ь harflari alifbodan chiqarib yuborildi, Ə ə harfining ishlatilishi cheklandi. Rasmiy hujjatlarda bu qaror shahar shevalarida singarmonizm yo‘qligi bilan tushuntirilgan bo‘lsa-da, asosiy maqsad o‘zbek tilini boshqa turkiy tillardan uzoqlashtirish bo‘lganini ko‘pchilik olimlar tan oladi. Buni dalillaydigan fakt: qarluq shevalarida singarmonizmning qoldig‘i sifatida “i” tovushi ikki variantda ishlatilishiga qaramay, bu ikki tovush ham yagona и harfi bilan ifodalanishi belgilandi.

    Singarmonizm bekor qilinishining oqibatini bugun ham ko‘rib turibmiz: qozoqlar, qirg‘izlar, ozarbayjonlar og‘zaki o‘zbek tilini yaxshi tushunadi, lekin singarmonizm aks etmagani tufayli yozma tilni tushuna olmaydi.

    1937-yilda bu boradagi muhokamalar taqiqlab qo‘yildi. Keyingi bir necha yilda o‘zbek tilini lotinlashtirish ishida faol qatnashgan ziyolilar yoppasiga “panturkist” va “millatchi” deb e’lon qilinib, qatl etildi yoki qamaldi. Ular orasida, jumladan, rus millatiga mansub turkolog Yevgeniy Polivanov bor edi.

    Yevgeniy Polivanov.

    Yevgeniy Polivanov.
    Foto: Google Photos

    Kirillashtirish va ruslashtirish

    1938-yilda SSSRdagi barcha tillar (gruzin va arman tillaridan boshqa) kirill alifbosiga o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilindi. 1939-yilda Kirill o‘zbek alifbosini ishlab chiqish komissiyasi tuzildi. Komissiya jami oltita kirillashtirish loyihasi ustida ish olib bordi va axiyri bittasida to‘xtadi. 1940-yil 8-may kuni O‘zbekiston SSR Oliy Soveti III sessiyasida kirillcha o‘zbek alifbosi qabul qilindi. 1942-yil 1-yanvari unga to‘liq o‘tishning oxirgi kuni etib belgilandi.

    O‘zbek yoshlari kirill alifbosi bilan tanishmoqda.

    O‘zbek yoshlari kirill alifbosi bilan tanishmoqda.
    Foto: Wikipedia

    Yangi yozuv imlo qoidalarida parallel ravishda baynalmilal so‘zlarni o‘zbek tili fonetik qoidalari asosida talaffuz qilish amalda taqiqlandi. Baynalmilal so‘zlar uchun yagona standart sifatida rus tili talaffuzi qabul qilindi. Bu me’yorga ko‘ra, endi barcha baynalmilal so‘zlar o‘zbek tiliga rus tilidan o‘tishi hamda rus tilidagiday talaffuz qilinishi shart emas. O‘xshash shakllarni rus tili qoidalari asosida urg‘u bilan farqlash belgilab qo‘yildi. Masalan, “akadémik” – akademiya a’zosi, “akademík” – akademiyaga oid. Qoida urg‘u doim oxirgi bo‘g‘inga tushadigan o‘zbek tilining talaffuz me’yorlariga mos kelmasligi inobatga olinmadi. U radio va gazeta orqali zo‘r berib targ‘ib qilindi.

    Alifboni o‘zgartirish bo‘yicha muhokamalar davom etganiga qaramay, qabul qilingan loyihaga faqat bitta o‘zgartirish kiritildi: 1956-yilda apostrof o‘rniga ъ harfi qabul qilindi.

    Shu tariqa o‘zbek tilini lotinlashtirishning birinchi loyihasi muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topdi. Ikkinchi loyiha 1991-yildan boshlandi. Lekin bu alohida maqola bo‘ladigan mavzudir.

    O‘zbek yozuvi muhokamalarida ishtirok etgan olimlar va ziyolilar:

    Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Mashriq Yunusov – Elbek, Botu, Shokirjon Rahimiy, Ashurali Zohiriy, Vadud Mahmud, Shorasul Zunnun, Nurulla Murodov, Nazir To‘raqulov, Otajon Hoshimov, G‘ozi Olim Yunusov, Saidg‘ani Valiev, Abdulla Avloniy, Qayum Ramazon, Naim Saidov, Abdulla Alaviy, Abdurahim Yo‘ldoshev, Agzam Ayubov, Mannon Romiz, Miyon Buzruk, Faxri Kamol, Tursun Ibrohimov, Murod Shamsiy, Aleksandr Samoylovich, Lev Shcherba, Evgeniy Polivanov, Aleksandr Borovkov, Bakir Cho‘bonzoda, Emir Najip, Bejan Rahmon.

    Manbalar:

    Orfografiya tyurkskix literaturnix yazikov SSSR. – Moskva: 1973;

    Abdullayev F. A. Til qanday rivojlanadi. – Toshkent: 1972.

    01.12.2019, 08:52   Izoh (0)   81980
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.