Mashhur “Forsaj” filmining prodyuseri Nur-Sulton shahridan kartinaning navbatdagi qismi suratga olish uchun joy izlamoqda. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Universal Pictures kinokompaniyasi vakillari Qozog‘istonga kelib, filmning bir epizodini suratga olish uchun mo‘ljallangan joy bilan tanishdi.
“Albatta, qarorni prodyuserlar qabul qiladi. “Forsaj” filmi bo‘lmasa, boshqa loyihalarni amalga oshirish rejasi ham bor”, — deydi “Global siyosat tashabbuslari” kompaniyasi prezidenti Jey Fitluk. Shuningdek, kompaniya rahbari amerikalik kinokompaniyalar faqat siyosiy jihatdan mustahkam mamlakatlarga sarmoya kiritishini ta’kidlab o‘tdi.
Qozog‘iston davlat kinoni qo‘llab-quvvatlash milliy markazi boshqarma raisi Andrey Xazbulatovning aytishicha, “Forsaj” filmining bir epizodini Qozog‘istonda suratga olish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Film mualliflari Nur-Sultondagi poyga avtomobillariga mo‘ljallangan maydon bilan qiziqmoqda. Ammo hali hujjatlar rasmiylashtirilgani yo‘q.
Izoh (0)