“Barselona” hujumchisi Usmon Dembele Chempionlar Ligasi 5-turi doirasida “Borussiya Dortmund”ga qarshi kechgan bahsda (3:1) jarohat olgandi.
Tibbiy ko‘rik xulosalariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi o‘ng oyog‘i sonini shikastlab olgan. Bu haqida kataloniyalik klubi rasmiy sayti ma’lum qilmoqda.
Dembele jarohat sabab o‘n hafta maydonga tusha olmaydi. Shu tariqa fransiyalik futbolchi 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Real”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)