UEFA tashkiloti Yevropa Chempionlar Ligasi 5-turi yakunlariga ko‘ra, haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomini e’lon qildi.
Bu nomga “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski loyiq ko‘rildi. Polshalik futbolchi “Srvena Zvezda”ga qarshi bahsda (6:0) to‘rtta gol urishga erishgandi.
Ushbu sovrin uchun shuningdek, Lionel Messi (“Barselona”), Keylor Navas (PSJ) va Romelu Lukaku (“Inter”) kabi futbolchilarining nomzodi qo‘yilgandi.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)