Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2019-yilning eng yaxshi pleymeykerini ma’lum qildi.
Mazkur reytingda “Barselona” hujumchisi Lionel Messi 299 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi pog‘ona “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuynega nasib edi (85 ochko). Kuchli uchlikni yozda “Chelsi”dan “Real”ga o‘tgan Eden Azar (55) yakunlab berdi.
Avvalroq Messi ushbu sovrinni 2015, 2016 va 2017-yillarda yutib olgandi.
- Lionel Messi (“Barselona”) — 299 ochko
- Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) — 85
- Eden Azar (“Chelsi” / “Real”) — 55
- Roberto Firmino (“Liverpul”) — 46
- Bernardu Silva (“Manchester Siti”) — 32
- Dushan Tadich (“Ayaks”) — 30
- Frenki de Yong (“Ayaks” / “Barselona”) — 25
- Kristian Eriksen (“Tottenhem”) — 21
- Antuan Grizmann (“Atletiko” / “Barselona”) — 20
- Jordjinyo Veynaldum (“Liverpul”) — 17.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)