• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Suv yo‘q, gaz yo‘q. Elektr choynakdagi choy 45 daqiqada qaynaydi”. Qashqadaryodagi qishloq ahli yashash sharoiti og‘irligidan shikoyat qilmoqda

    Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahridan nari borsa 2-3 kilometr uzoqlikda joylashgan “Uzunnavo” qishlog‘i aholisi gaz va suv yo‘qligidan, elektr toki kuchlanishi pastligidan nolimoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiriga shikoyat qilgan uzunnavoliklar elektr toki kuchlanishi pastligi bois elektr choynakdagi choy 45 daqiqada qaynashini aytishmoqda.

    Foto: “Daryo”

    — Elektr toki kuchlanishi shu darajada pastki, elektr choynak 45 daqiqada zo‘rg‘a choy qaynatadi, — deydi Ilhom Jo‘rayev. – Ovqat elektr pechda qancha vaqtda pishishini hisoblab olavering. Bolalarimiz kechki payt dars qilolmaydi. Lampa yorug‘ligi pastligidan ko‘z toladi.

    Ilhom Jo‘rayev

    Ilhom Jo‘rayev
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi tumanining mazkur qishlog‘ida yashovchi aholi 2012—2013-yillardan ushbu hududga kelib joylashgan va uy-joy qura boshlagan. Ayni paytda qishloqda 298 ta xonadon borligi aytilmoqda. Aholi soni esa 3 ming nafar kishidan oshgan. Eng yomoni qishloqda elektrlashtirish ishlari olib borilmagan. Aholi o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda uyidan chiqqan yog‘ochlardan simyog‘och sifatida foydalangan. Simyog‘och yo‘q joylarda esa elektr sim tomma-tom osha o‘tkazib borilgan.

    Aholi xonadonlariga tortib kelingan elektr toki simlari

    Aholi xonadonlariga tortib kelingan elektr toki simlari
    Foto: “Daryo”

    Aholi “Daryo” muxbirining “uy-joylarni qurishdan avval yerga egalik haqida mutasaddilar qarori bo‘lganmi?”, degan savoliga javoban qaror bo‘lganini, ammo keyinchalik mazkur qarorlar soxta bo‘lib chiqqanini ta’kidlashmoqda.

    Qishloqdagi simyog‘och

    Qishloqdagi simyog‘och
    Foto: “Daryo”

    — Qaror berishgandi, ammo 2019-yil may oyida bizga uy-joy qurish uchun berilgan qarorlar noqonuniy ekanligini aytishdi va Prezident farmoniga muvofiq o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylar sifatida qayta hujjatlashtirildi, — deydi Abdurauf Ibragimov. – Hozirda barcha xonadonlarning kadastr hujjatlari bor. Shunday bo‘lsa-da, elektr toki uchun simyog‘och o‘rnatishmayapti.

    Foto: “Daryo”

    Aholining ma’lumot berishicha, butun boshli qishloqda simyog‘ochlar deyarli yo‘q. Borlari ham aholi xonadonlaridan chiqqan talabga javob bermaydigan yog‘ochlar. Elektr toki esa aholi xonadonlari ustidan inson hayoti uchun xavfli holatda tortib keltirilgan.

    Foto: “Daryo”

    — Boshqa ilojimiz yo‘q, yashashimiz kerak. Yashash uchun esa elektr toki zarur, — deydi uzunnavoliklar. – Shu boisdan ham inson hayoti uchun xavfli bo‘lsa-da, tokni tomma-tom tortib kelishga majburmiz. Gaz bo‘lmasa, uyni amallab isitishimiz kerak-ku. 

    Foto: “Daryo”

    — Qishloqqa 2013-yil ko‘chib kelganmiz va 2019-yil mart oyiga qadar 6 yil davomida elektr tokisiz yashadik, — deydi Nazira Majidova. – Mas’ullar tokni tortib berishiga ishonchimiz qolmagach, “transformatorni o‘z pulimizga sotib oldik”, degan aholi vakillariga 250 ming so‘m to‘lab tok tortdik. U ham bo‘lsa tomma-tom tortib kelingan tok.

    Abdurauf Ibragimovning ma’lum qilishicha, shu kecha-kunduzda hududda elektr toki o‘chish holati ko‘paygan.

    — 4-5-noyabr kuni 36 soat “svet” bo‘lmadi, — deydi Abdurauf Ibragimov. – Qishda qor yog‘gan paytda shunday bo‘lsa nima qilamiz, bilmadim.    

    Qishloq ahlining aytishicha, ayni kunda 60 ta xonadon uchun mo‘ljallangan transformatorga 120 ta xonadon ulangan. Qishloq ahli suyultirilgan gaz balloni nimaligini ham bilishmas ekan.

    Foto: “Daryo”

    — Elektr toki masalasida, suyultirilgan gaz balloni berilmasligi haqida murojaat qilmagan joyimiz qolmadi, — deydi Abdurauf Ibragimov. – Gaz bo‘ladi deb “truba” tortganmiz. Ammo gazdan darak yo‘q. Hech kim e’tibor bermaydi. Hatto javob ham bermaydi. Shu paytga qadar biror marta bizga suyultirilgan gaz balloni berishmagan. Gazni ko‘chadagi “zapravka”lardan sotib olamiz.

    Gulchehra Rahimova

    Gulchehra Rahimova
    Foto: “Daryo”

    — Qish keldi, uyni isitishda qiynalyapmiz, — deydi Gulchehra Rahimova. – Tok pechka qo‘shsak, tok kamligi sabab yaxshi ishlamaydi. Yosh bolamiz bilan juda qiynalyapmiz.  

    Uzunnavoliklarning ma’lumot berishicha, elektr tokining tomma-tom tortib kelinishi va mavjud transformatorning 120 ta xonadonni elektr toki bilan ta’minlashga qurbi yetmayotgani haqida viloyatning sobiq rahbari Zafar Ro‘ziyev hamda ayni kundagi hokim Zoir Mirzayevga ham murojaat qilingan. Ammo har ikkala murojaat ham javobsiz qolgan. 

    Aholining “Daryo” muxbiriga qo‘shimcha qilishicha, hududda yo‘l muammosi ham bor. Shuningdek, aholi xonadonlaridan chiqayotgan maishiy chiqindilarni mas’ul tashkilotlar olib ketmagani bois aholi yashovchi hudud chiqindixonaga aylantirib yuborilgan.

    Foto: Nigora Majidova

    — Uyimizni yoniga chiqindi to‘kib ketishadi, — deydi Nigora Majidova. – Qancha aytmaylik foydasi yo‘q. Boisi chiqindilarni tashib ketuvchi tashkilotlar bilan aholi o‘rtasida shartnoma qilinmagan. Shuning uchun ham ular bizdan umuman xabar olishmaydi. Mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilsak-da, e’tibor qaratishmayapti.

    Qishloq ahlining e’tiroziga ko‘ra, qishloqda o‘zboshimchalik bilan uy qurib olinishi natijasida yo‘l ham yopib qo‘yilgan. Oqibatda aholining yaqin yo‘li uzoqlashgan. Bu maktab o‘quvchilari uchun ham qiyinchilik tug‘dirmoqda.

    28.11.2019, 11:22   Izoh (0)   36335
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prokuratura voyaga yetmagan o‘quvchini so‘roq qilgan IIB xodimlari ustidan ish qo‘zg‘atdi

    28.11.2019, 11:02

    O‘zbekistonda bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash rejimi joriy etilishi mumkin

    28.11.2019, 10:04

    Tergov departamenti o‘qituvchining o‘limiga olib kelgan voqea bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

    28.11.2019, 09:33

    Buxoroda Rossiya qamoqxonasidagi o‘zbekistonlikni hibsdan chiqarib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    28.11.2019, 09:01

    Samarqand shahar XTB kaltaklanishi oqibatida vafot etgan o‘qituvchi haqida ma’lumot berdi

    28.11.2019, 08:27

    Zarafshon shahri xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha maxsus taktik-o‘quv mashqlari o‘tkazildi (foto)

    28.11.2019, 07:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.