Mamlakatning eng zo‘r OTMlari reytingida yetakchilik qilgan O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari isitilmagan binolarda kurtka va bosh kiyimda o‘qishga majbur bo‘lmoqda, deb yozadi UzNews.
Sayt tahririyatiga oliy ta’lim muassasasi talabalarining biri isitilmayotgan binolar bo‘yicha shikoyat bilan murojaat qildi.
“Isitish tizimi yoqilganiga qaramasdan binolar juda sovuq. Ma’muriyat biron chora ko‘rmayapti. Biz yana kimga murojaat qilishni va bu vaziyatda qanday yo‘l tutishni bilmaymiz. 90 foiz talabalar kontrakt va superkontrakt to‘lashadi, shuningdek, ko‘plab xorijiy fuqarolar bor”, — deydi O‘zMU talabasi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining saytida O‘zbekiston OTMlari reytingi e’lon qilingan edi. Mazkur reytingda birinchilikni 69,02 foiz bilan O‘zbekiston Milliy universiteti qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)