Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Parijda bo‘ladigan “Normand to‘rtligi” sammitida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi mumkin, deb xabar bermoqda “Kommersant”. Nashr ularning yuzma-yuz uchrashishi ehtimolini 100 foizga yaqin deb baholagan.
Germaniya, Rossiya, Ukraina va Fransiya rahbarlari 9-dekabr kuni Parijda Ukrainaning janubi-sharqidagi mojarolarni hal qilish masalasini muhokama qilish uchun yig‘iladi.
Xabarda aytilishicha, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq Putin “uchrashuv katta foyda keltirmasa ham bunga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish kerak”, deb hisoblashini aytgan. Shu sababli Kremlda asosiy e’tibor “normand” formatidagi jarayonlarga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilmoqda.
Shuningdek, qayd etilishicha, Zelenskiy 2020-yilda g‘alabaning 75 yilligini nishonlash uchun Moskvaga taklif etilishi mumkin.
Bundan avval Putin va Zelenskiy 9-dekabr kuni ilk bor Parijda uchrashishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)