Germaniya hamda AQSh terma jamoasi sobiq ustozi Yurgen Klinsmann “Herta” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqida klub rasmiy saytida xabar berildi.
Avvalroq Berlin klubi Ante Chorich bilan shartnomani bekor qilgandi. Klinsmann esa uning o‘rnini egalladi. “Herta” 55 yoshli murabbiy bilan mavsum yakuniga qadar bitim tuzgan.
Ma’lumot uchun, Klinsmann 2008/09-yilgi mavsumda “Bavariya”ga ham ustozlik qilgandi.
Ayni damda “Herta” Germaniya chempionatida 12-turdan so‘ng 11 ochko bilan 15-pog‘onani egallab turibdi. Klub navbatdagi o‘yinni 30-noyabr kuni “Borussiya Dortmund”ga qarshi o‘z maydonida o‘tkazadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)