• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    73 kun yashagan Turkiston muxtoriyati. U nega ag‘darib tashlandi?

    26-noyabr Qo‘qon shahrida mintaqadagi birinchi demokratik davlat – Turkiston muxtoriyati tuzilgan sana hisoblanadi. Bu sana zamonaviy tarixchilikda va publitsistikada ko‘p eslanmaydi, ayni paytda, bu voqea mintaqaning zamonaviy tarix uchun ahamiyatini tarixchilar va ziyolilar tan oladi.

    Shu munosabat bilan “Daryo” kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh Turkiston muxtoriyatining tuzilishi va ag‘darib tashlanishi haqida fikr yuritadi.

    XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olindi. Mintaqadagi Buxoro amirligi va Xiva xonligini vassal davlatlarga aylantirildi, qolgan hududlarda bir nechta general-gubernatorlik tuzildi.

    Foto: Wikipedia

    XX asr boshida Rossiyada monarxiya tuzumiga qarshi harakat kuchaydi. Ular orasida Rossiyani ishchi va dehqonlar respublikasiga aylantirishni maqsad qilgan bolshevik ishchilar sotsial-demokratik partiyasi (RSDRP(b) deb ham yuritiladi) alohida ajralib turdi va ko‘p tarafdorlar orttirdi. Nafaqat Rossiya, balki aksar Yevropa mamlakatlari 1914-yilda boshlangan jahon urushi bilan ovora bo‘lib turganida Rossiyada monarxiyani ag‘darib tashlab, o‘rniga respublika joriy qilmoqchi bo‘lgan kuchlar ancha faollashdi va amaldagi hukumatga qarshi namoyishlar o‘tkazdi. Kurash kuchayib boraverdi va 1917-yilning fevral oyida kelib imperator Nikolay II iste’fo berishga majbur bo‘ldi. Hokimiyat muvaqqat hukumat qo‘liga o‘tdi.

    “Daryo” bu voqealarga oldinroq batafsil to‘xtalgan edi.

    Mavzuga doir:

    Oktabr inqilobi, qatag‘onga uchragan mensheviklar va nomi to‘rt marta o‘zgargan KPSS

    1917-yil fevral oyida Nikolay II ag‘darilib, hokimiyat muvaqqat hukumat ixtiyoriga o‘tganidan so‘ng Turkiston o‘lkasida turli siyosiy tuzilma va harakatlar faollashdi. Shulardan ta’sir doirasi eng kattalari 1917-yil bahorida tuzilgan “Sho‘roi islomiya” va “Sho‘roi ulamo” harakatlari edi.

    Oktabr oyida bolsheviklar muvaqqat hukumatni ag‘darganidan keyin Turkistonning turli shaharlarida, ayniqsa Toshkentda ijtimoiy-siyosiy harakatlar kuchaydi. Yuqoridagi ikki harakat Turkistonda milliy davlatchilikni tashkil etish uchun yig‘inlar uyushtira boshladi.

    Bu orada Toshkentda hokimiyatni tarkibida bitta ham mahalliy millat vakili bo‘lmagan, temiryo‘l ishchisi Kolesov boshchiligidagi Turkiston ishchi-dehqon soveti egallab oldi va Turkiston xalq komissarlari sovetini tuzdi. Turkistonda milliy davlatchilik tuzish istagida bo‘lgan harakatlar qarorgohlarini Qo‘qonga ko‘chirishga majbur bo‘ldi.

    1917-yil 26–28-noyabr kunlari Qo‘qon shahrida Umumturkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda ko‘pchilik musulmon ziyolilarning xohish-istagi bilan Turkiston o‘lkasida yashovchi Yevropa millatiga mansub delegatlar ham qatnashdi.

    Qurultoy ishida muhim bir masala – Turkistonni mustaqil davlat yoki Rossiya tarkibidagi muxtor respublika deb e’lon qilish ko‘rib chiqildi. Ko‘pchilik vakillar ovozi bilan Turkiston o‘lkasini Rossiya tarkibida muxtor respublika deb e’lon qilishga kelishildi.

    27-noyabr kuni Qurultoyda ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilingan qarorda shunday deyiladi: “Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobini sodir etgan bolsheviklar tomonidan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi gaplaridan kelib chiqib Turkistonni Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi”.

    28-noyabrda davom etgan qurultoy ishida Turkistonda tashkil topayotgan muxtor davlatning nomi “Turkiston Muxtoriyati” deb ataladigan bo‘ldi. Turkiston o‘lkasida hokimiyat Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat kengashi va Turkiston Muxtoriyati Xalq majlisiga o‘tishi haqida qaror qabul qilindi.

    Muvaqqat kengash a’zolaridan 12 kishilik hukumat tuzildi va Milliy majlisga 32 kishidan iborat vakil saylandi. Muvaqqat hukumat tarkibi quyidagi shaxslardan iborat edi:

    Muhammadjon Tinishboyev – bosh vazir, ichki ishlar vaziri, 2-chaqiriq Davlat Dumasi a’zosi, Muvaqqat hukumat Turkiston qo‘mitasi a’zosi, temiryo‘l muhandisi, millati qozoq;

    Islom Sulton Shoahmedov – bosh vazir o‘rinbosari, Butunrossiya musulmonlari kengashi markaziy qo‘mitasi a’zosi, huquqshunos, millati tatar;

    Mustafo Cho‘qay – tashqi ishlar vaziri, Muvaqqat hukumat Turkiston qo‘mitasi a’zosi, Turkiston o‘lka Musulmonlar Sho‘rosi raisi, huquqshunos, millati qozoq;

    Ubaydulla Xo‘jayev – harbiy vazir, Butunrossiya musulmonlar kengashi markaziy qo‘mitasi a’zosi, huquqshunos, millati o‘zbek;

    Hidoyatbek Yurg‘uli Og‘ayev – yer va suv boyliklari vaziri, agronom, millati o‘zbek;

    Obidjon Mahmudov – oziq-ovqat vaziri, Qo‘qon shahri dumasi raisi o‘rinbosari, jamoat arbobi, millati o‘zbek;

    Abdurahmon O‘rozayev – ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, huquqshunos, millati qozoq;

    Solomon Abramovich Gersfeld – moliya vaziri, huquqshunos, millati yahudiy;

    Mahdi Chanishev – qurolli kuchlar qo‘mondoni, millati tatar;

    Hoji Muhammad Ibrohim Hojiyev (kichik Ergash) – uyezd militsiyasi boshlig‘i, keyinchalik Mahdi Chanishev o‘rniga muxtoriyat qurolli kuchlari qo‘mondoni bo‘lgan, millati o‘zbek.

    Turkiston muxtoriyati hukumati.

    Turkiston muxtoriyati hukumati.
    Foto: Wikipedia

    Muvaqqat hukumat tarkibiga kirishi lozim bo‘lgan qolgan to‘rt o‘rin yevropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar ko‘rsatilishi uchun ularga ajratildi.

    Hukumat vakillari joylarda muxtoriyat tuzilmalarini tuzish harakatlarini boshladi. Taniqli huquqshunoslar jalb etilib, konstitutsiya tayyorlash ishlari boshlab yuborildi. Muxtoriyat tomonidan o‘zbek, qozoq va rus tillarida hukumat gazetalari nashr etila boshlandi.

    Hukumat milliy qo‘shinlarni tashkil etishga jiddiy kirishdi. Muxtoriyat harbiy kuchlari vaziri Ubaydulla Xo‘jaev oz vaqtda 2 mingdan oshiq askarlarga ega armiya tuzdi. Bundan tashqari, Qo‘qon shahrida militsiya otryadlari boshlig‘i bo‘lgan Ergash qo‘l ostida yana shuncha mirshab ham bor edi.

    1918-yil yanvarida kunlarida Toshkentda Turkiston o‘lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlarining favqulodda IV syezdi bo‘lib o‘tdi. Syezd ishida bolsheviklar tomonidan Turkiston muxtoriyati to‘g‘risida rezolyutsiya taklif etildi va u bir ovozdan qabul qilindi. Rezolyutsiyada muxtoriyat noqonuniy tuzilma deb e’lon qilindi. Qo‘qonga harbiy yurish qilib, muxtoriyatni ag‘darib tashlashga qaror qilindi.

    Bolsheviklar Turkiston o‘lkasiga muxtoriyat berish niyatida emasligi oydinlashdi. Ularning maqsadi nima qilib bo‘lsa ham o‘lkani Rossiya tarkibida mustamlaka tarzida saqlab qolish edi.

    Ular Turkiston muxtoriyatini yiqitishni birlamchi vazifasi o‘laroq qabul qildi. Toshkent bolsheviklar rahbari bo‘lgan Kolesov Markazdan yordam kuchlarini so‘radi. Markaz mintaqaga 11 ta eshelonda 10 mingdan oshiq askar jo‘natdi. Ularga arman dashnoqlari ham qo‘shildi. Askarlar Toshkentga yetib kelganidan Qo‘qonga safarbar etildi.

    1918-yil 30-yanvarda Turkiston xalq komissarlari soveti muxtoriyat hukumatini tugatish uchun harbiy harakatlar boshladi. Bolsheviklar muxtoriyat rahbariyatiga so‘zsiz taslim bo‘lish va ixtiyoridagi qo‘shinlarni tarqatib yuborish talabini qo‘ydi. Muxtoriyat rahbariyati bu talabga ko‘nmagach, 31-yanvar kuni hujum boshlandi.

    Qariyb uch hafta davom etgan janglardan so‘ng 19-fevral kuni Turkiston Muxtoriyati qo‘shinlari batamom mag‘lubiyatga uchradi, hukumat bolsheviklar tomonidan ag‘darib tashlandi.

    Bo‘lib o‘tgan janglarda muxtoriyatning ayrim vazirlari halok bo‘ldi, ayrimlari qo‘lga olindi. Muhammadjon Tinishboyevning iste’fosidan so‘ng rahbar bo‘lgan Mustafo Cho‘qay Qo‘qonni tark etib, yashirinishga majbur bo‘ldi.

    Jangda qizil askarlar va ularga yordam bergan arman dashnoqlari hech kimni ayamadi. Muxtoriyat armiyasi askarlaridan tashqari, Qo‘qon shahri aholisidan 10 ming kishi o‘ldirdi. Bu voqealardan keyin dashnoq to‘dalari butun Farg‘onaga tarqalib, Chust, Bozorqo‘rg‘on, Marg‘ilon va boshqa hududlarda qirg‘in uyushtirdi.

    Qizil askarlar Qo‘qonda amalga oshirgan xunrezliklarini ko‘rgan mahalliy aholi muxtoriyat yiqitilganidan so‘ng bolsheviklarga qarshi ozodlik urushiga otlandi. Milliy istiqlol uchun bo‘lib o‘tgan bu kurash qahramonlari bolsheviklar tomonidan “bosmachilik harakati” deb ataldi. Ozodlik urushi Turkistonning turli hududlarida turli yillargacha davom etdi.

    Turkiston muxtoriyati mag‘lubiyatga uchragach, o‘lka batamom Rossiya qo‘l ostida qoldi. Bolsheviklar Turkiston ASSRni tuzgan bo‘lsa-da, u qo‘g‘irchoq respublika edi va amalda hech qanday muxtor huquqlari yo‘q edi. TASSR 1924-yilda O‘zbekiston SSR tuzilguniga qadar yashadi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    27.11.2019, 18:52   Izoh (0)   117052
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.