Andijon viloyatida sobiq turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, voqea 21-noyabr, payshanba kuni Paxtaobod tumanida sodir bo‘lgan.
34 yoshli R.M. 26 yoshli sobiq turmush o‘rtog‘i I.M.ning yashash xonadoniga kelib, rashk tufayli kelib chiqqan janjal oqibatida uni qo‘llari bilan bo‘g‘ib qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan shu kuni R.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddada 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Izoh (0)