• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tramp ketadimi, yo‘qmi? Amerika SSSRga nega minnatdorlik bildirishi kerak? Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Impichment yuzasidan besh masala

    Prezident Tramp impichmenti masalasi ko‘tarilgandan beri ikki oy o‘tdi. Ma’lumki, prezidentning Ukrainaga harbiy yordam berish tashabbusdan demokratlar ham, respublikachilar ham bosh tortdi. Shuningdek, Tramp Jo Baydenga tegishli kompaniya faoliyatini Ukraina prezidenti shaxsan nazoratga olishini so‘ragan va 2016-yildagi fitna nazariyasini o‘rganilishini istagan. Ayni paytda Tramp ma’muriyatining ayrim mansabdor shaxslari biznesiga siyosiy ma’no berayotgani ma’lum.

    Foto: Los Angeles Times

    Foto: Los Angeles Times

    Kongressdagi tinglovlar mobaynida demokratlarning Trampga qarshi da’volari ishonarli bo‘lishi uchun quyidagilarni aniqlashtirish lozim bo‘ladi:

    1) Kim rahbarlik qiladi?

    Ukrainaga bosim uyushtirishni Tramp buyurganmi yoki uning ma’muriyatidagi ayrim amaldorlarmi, aniqlash joiz.

    Sentabr oyida The Washington Post Tarmp ma’muriyati rahbari Mik Malveniga Ukrainaga harbiy yordam berishni to‘xtatish borasida buyruq bergan, deb yozgan edi. Lekin Kongressdagi surishtiruvlar davomida buni isbotlashning imkoni bo‘lmadi. Ma’muriyatning budjet bo‘limi rasmiylari ko‘rsatma berishdan bosh tortdi.

    2) Malveni bu vaziyatda qanday vazifani amalga oshirgan?

    Ukrainaga harbiy yordam nega to‘xtatib qo‘yilganini biladigan yagona shaxs Malvenidir. Malveni Tramp Ukrainani saylovga aralashganini tekshirishga majbur qilish uchun yordamni to‘xtatgan deb bayonot berdi. So‘ng Malveni gaplaridan tona boshladi.

    3) Rudolf Julianining roli qanday?

    AQShning Ukrainadagi dimplomatlari va milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Trampning shaxsiy advokati Ukrainada kim uchun va qanday yashirin siyosat yurgizgani masalasida xavotir bildirgan. Aftidan, Juliani Trampga ta’sir eta oladi. Tramp iyul oyida Zelenskiy bilan telefondagi muloqoti chog’ida “janob Julianidan sizga telefon qilishini so‘rayman”, degan. Julianining Ukrainada qanday manfaatlari bor? Bunga ham aniqlik kiritilishiga zarurat bor.

    4) Ukraina tarafi nega harbiy yordam to‘xtatib qo‘yilgani-yu, nega Oval kabinetdagi uchrashuv kechiktirilganidan boxabar bo‘lganmi?

    AQShning Ukrainadagi elchisi lavozimida ishlovchi U. Teylorning so‘zlariga ko‘ra, ukrainlar demokratlar faoliyati tergov qilinishini e’lon qilinsagina harbiy yordam olishi mumkinligini bilgan. Lekin ular bunday tekshiruv o‘tkazilishini istamagan.

    Biroq demokratlar Tramp “bir xizmat uchun boshqa xizmat” taklif qilganini bilish shart emas, u o‘z manfaati uchun tamagirlikka qo‘l urgani unga nisbatan impichment e’lon qilish uchun yetarli sabab deb gapira boshladi. Mansabdan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishning o‘zi ayb aslida.

    5) Nima uchun Tramp Ukrainani yoqtirmaydi?

    Aftidan, Ukraina 2016-yildagi saylovga aralashgani haqidagi fikrlarga prezidentni ishontirishgan. Balki shu sabab Trampning Ukrainaga nisbatan munosabati o‘zgarib qolgan.

    Tramp 2016-yilgi saylov natijasida yuzaga kelgan dilxiralikni, saylov shtabi rahbari Pol Manafortning siyosiy karyerasi achinarli tugaganini esdan chiqara olmagan. Shuning uchundir, Tramp saylovga Rossiya emas, Ukraina aralashganiga ishonmoqda.

    Eslatma: sobiq vitse-prezident Jo Bayden hozirgi saylovoldi kurashida demokratlar orasida yetakchilik qilmoqda. Ammo u sobiq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko davrida Ukrainaga serqatnov bo‘lib qolgani, kichik Baydenning Ukrainadagi gaz kompaniyalaridan biriga rahbarligi albatta bir qator savollarni yuzaga chiqaradi.

    Tramp 2020-yilgi saylov oldidan shu masalani ko‘tarib chiqib, asosiy raqibiga zarba berishga urinishi ham aniq. Nima bo‘lganda ham, Tramp bu masalada vakolatidan foydalanmasligi kerak.

    Demokratlar aynan shu masalani bahona qilib impichment masalasini kun tartibiga olib chiqdi. Lekin ular bu masalada ijobiy yutuqqa erishishi dargumon.

    Sovuq urush haqidagi yolg‘on tasavvurlar

    The Daily Beast nashri Sovet Ittifoqiga tashakkur aytishning ayrim sabablariga to‘xtalib o‘tar ekan, SSSR va kapitalistik AQSh qarama-qarshiligi borasida aksariyat noto‘g‘ri tasavvurga ega, deb yozadi.

    30 yil avval nemislar Berlinni ikkiga ajratib turgan devorni buzib tashladi. Bu ramziy voqea sovuq urush xotimasining boshlanishi bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Sovuq urush davridagi qarama-qarshilik qo‘rquv, paranoyya va ulkan yolg‘ondan iborat bo‘ldi.

    Dastlabki haqiqat shu ediki, ilk zarbani amerikaliklar berdi. Prezident Garri Trumen Sovet Ittifoqi Tinch okeani havzasida urushga kirishining oldini olish uchun Yaponiyaga atom bombalari tashladi. Iosif Stalin bu qanday belgi ekanini yaxshi tushundi va qurollanish poygasiga start berib yubordi.

    Lekin dushman – uni “yovuzlik imperiyasi” deb ham atay boshlashdi – aslida amerikalik siyosatdonlar mahsuli edi. Aslida Kremlda qo‘rqib ketgan yulg‘ichlar to‘dasi o‘tirar, ularning davlatchiligi voqelikdan yiroq bo‘lib, halokat yoqasida muvozanat saqlashga urinayotgan edi.

    Shunday davrda sovuq urush inson hayotini va pulni bebiliska xarjlashga aylandi. Aslida esa har narsa hal qilingan va bu o‘z darvozasiga to‘p urishga o‘xshab ketardi.

    Amerikalik millionlab insonlarga Ikkinchi Jahon urushiga bir tomonlama yondashish o‘rgatildi. Natsistlar Germaniyasi va militaristik Yaponiyani tor-mor qilishda qudratli sanoatimiz va yengib bo‘lmas daholigimiz hal qiluvchi vazifa o‘tadi, deb singdirildi. Qiziq, amerikalik o‘quvchilarga “sovet xalqi va Qizil armiya oldida cheksiz qarzdormiz”, deb o‘rganganida, sovuq urush taqdiri qanday kechgan bo‘lardi? Ularning hayratlanarli darajadagi mardligi-yu qat’iyati demokratiyani Patton va Ivodzimadan kam darajada qutqargani yo‘q (Patton – G‘arbiy frontdagi AQSh generallaridan biri, Ivodzima – AQShning Yaponiya hududidagi 1945-yil fevralida boshlagan birinchi harbiy amaliyoti).

    Ikkinchi Jahon urushidan keyin Sovet Ittifoqiga minnatdorlik bildirish uchun to‘qqiz sabab:

    1. Misli ko‘rilmagan qurbonlar. Faqat Stalingrad jangining o‘zida Qizil armiya AQSh butun Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon qilganidan-da ko‘proq insonlarni yo‘qotgan;
    2. Yaponiya bilan urush AQSh tomoni atom bombasi tashlagani uchungina Tokioni kapitulyatsiyaga imzo chekishga majburlamagan. Xiroxito va yapon harbiy shtabi Stalin qo‘qqisdan uyushtirgan hujumidan ko‘proq cho‘chib ketgan;
    3. Raketalarga ega Yuqori Volta. Butun sovuq urush davomida Sovet Ittifoqi o‘zini arang eplagan. Aholining asosiy ehtiyojlari – uy-joy va oziq-ovqat bilan ta’minlashni qiyinchilik bilan qondirgan. Uy-joyga bo‘lgan ehtiyojni ko‘p qavatli uylar qurish bilangina qondirish mumkin edi, ammo Sovet Ittifoqida besh qavatdan baland imoratlar solish uchun qurilish xomashyosi bo‘lmagan;
    4. Sovetlar josuslik tarmog‘ini Angliya Kembrijidagi aslzodalardan tashkil etgan. Bundan tashqari, Manxetten loyihasidagi ba’zi britaniyalik fizik olimlar sovetlar “ixlosmandi” bo‘lib, ular sharofati bilan Stalin olimlari atom bombasi chizmalarini bomba hali Yaponiyaga tashlanmasdan ilgariroq qo‘lga kiritgan edi;
    5. Jozef Makkarti – reaksion kayfiyatdagi respublikachi senator sifatida kommunistlar va ularga xayrixoh bo‘lganlarni ta’qib qilgan. Makkarti shunday inson ediki, hatto o‘z nutqlariga ham ishonmagan va qancha urinmasin, hukumat a’zolari ichidan birorta ham kommunistni qo‘lga tushira olmagan;
    6. Domino nazariyasini ilk bor Duayt Eyzenxauer ilgari surgan edi. Eyzenxauer fikricha, Vyetnamda Kreml taraf kuchlar g‘alaba qilgudek bo‘lsa, kommunistik mafkura deb atalmish virus Yaponiya, Yangi Zekandiya va Avstraliyaga ham kirib borishi mumkin edi. Aynan shu yerda Eyzenxauer adashgan edi. Amalda XX asrdagi barcha inqiloblar mustamlakachilik mafkurasiga qarshi qaratilgan edi;
    7. Vijdonan aytganda, yadroviy qurollanish borasida AQSh Sovet Ittifoqidan ortda qolmagan. Bombardimonchi uchoqlar nisbatiga ko‘ra ham AQSh SSSRga ustunlikni boy bermagan. Qit’alararo bombardimonchi uchoqlarni yaratishda taktik yadro qurollanishni ishlab chiqishda, vodorod bombasini sinovdan o‘tkazishda, qattiq yonilg‘ili qit’alararo ballistik raketalarni ishlab chiqishda AQSh birinchi bo‘lgan;
    8. 1977-yilda prezident Karter MRBning maxfiy dasturini ishga tushirgan. Rejaning asosiy maqsadi Afg‘oniston, Gruziya, Ozarbayjon va Chechenistonda radikal islom va etnik zo‘ravonlikni rag‘batlantirish orqali Sovet Ittifoqini titratish edi. 1979-yilda SSSR Afg‘onistonga 700 minglik qo‘shin kiritganida Vashington radikal islomchilarni dastaklashni keskin kuchaytirgan. Alalxusus operatsiya bir necha milliard dollarga tushayotgan keng miqyosli dunyoviy jihodga turtki bo‘ldi;
    9. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng sovetlarga minnatdorlik bildirish o‘rniga ular dushmanga aylantirildi. Insoniyat yo‘q bo‘lish xavfi ostida yashadi. Sovuq urush, ko‘plab tahlilchilar nazarida, baxtli tasodif tufayli nihoyasiga yetdi.
    Boliviyaning sobiq prezidenti mamlkatdagi inqirozni bartaraf qila oladimi?

    The Wall Street Journal nashrining ma’lum qilishicha, Evo Morales muddatining oxiriga qadar mansabda qoladigan bo‘lsa, keyingi saylovda ishtirok etmasligini ma’lum qilgan. Shunday bo‘lgan taqdirda Boliviya inqirozlar ko‘chasidan chiqa oladimi?

    Seshanba kuni The Wall Street Journal nashriga intervyu bergan janob Morales, o‘z ta’biri bilan aytganda, Boliviyaga kelishuv taklif qildi. Uning taklifi esa Boliviyaga osoyishtalik olib kelishi va mamlakatni inqirozdan chiqarishini mumkin.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Mamlakatdagi inqiroz Evo Morales to‘rtinchi muddatga hokimiyatda qolish istagida saylov natijasini qalbakilashtirilishi sababli yuzaga keldi; prezident mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi.

    60 yoshli Morales 10-noyabr sanasida iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Mamlakatdagi tartibsizlik va norozilik qurolli kuchlar qo‘mondoni Uilyam Kalimanning prezidentga vakolatini topshirishni tavsiya etganidan so‘ng yuz berdi. Xavfsizlik kuchlari qo‘llab-quvvatlashidan mosuvo bo‘lgan prezident hukumatga qarshi g‘alayonlar manzarasida Boliviyani tark etdi.

    Morales vaqtincha hukumatni boshqarishni qo‘lga kiritgan Anyes haqida gapirar ekan, “uyushgan xalq diktatura ketishini istaydi, buning evaziga biz nomzodimizni keyingi saylovga qo‘ymaymiz; odamlar halok bo‘lmasligi, tinchlik masalasi yuzaga chiqadigan bo‘lsa, muammo yo‘q, hokimiyatdan voz kechaman”, deb aytdi.

    Seshanba kuni Moralesning minglab tarafdorlari yoqilg‘i va oziq-ovqat poytaxtga kirishini to‘sib qo‘ydi va Anyesdan hokimiyatdan voz kechishni talab qildi.

    “Mehnatkashlar va Boliviya xalqi uchun bu hukumat vaqtinchalik hukumat emas, aksincha, de fakto hukumatdir. Ular qatag‘on siyosatini yurgizmoqda, odamlarimizni o‘ldirmoqda. Ular mamlakatimizning dushmanlaridir”, – deb yozdi Morales Twitter-sahifasida.

    Denuncio ante el mundo que el gobierno de facto al estilo de dictaduras militares nuevamente mata a mis hermanos de El Alto que resisten pacíficamente el golpismo y luchan en defensa de la vida y la democracia. #ParenLaMasacre del #GolpeDeEstadoEnBolivia

    — Evo Morales Ayma (@evoespueblo) November 19, 2019

    Morales Twitter’da nima deyishidan qat’i nazar, mamlakatga qaytib keladigan bo‘lsa, hokimiyatda qolishi mumkin.

    Morales Boliviyadagi voqealarda AQShni ayblab keladi. Uning nazarida, amerikaliklar Morales Boliviya siyosatiga qaytishiga qarshi. Nega endi amerikaliklar bir hindudan shu darajada qo‘rqadi, degan savol ham yo‘lladi u.

    Morales kokain ishlab chiqaruvchilar kasaba uyushmasining raisi bo‘lgan paytda mashhurlikka erishdi. U hokimiyat tepasiga 2006-yilda keldi; 2009 va 2014-yilgi saylovlarda g‘alaba qozondi.

    Uning hukumati mamlakat ijtimoiy o‘sishiga sezilarli hissa qo‘shdi. Iqtisodiy o‘sish sur’ati 4 foizni tashkil etdi. Bu Lotin Amerikasidagi yaxshi ko’rsatkich edi. Mamlakatdagi qashshoqlik darajasi sezilarli darajada kamaydi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    23.11.2019, 10:27   Izoh (0)   94630
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh generali gipertovushli qurol qachon jangovar startga tayyor bo‘lishini ma’lum qildi

    23.11.2019, 06:35

    Tramp Pokiston hukumatiga garovga olinganlarning ozod qilinishidagi ishtiroki uchun minnatdorlik bildirdi

    23.11.2019, 01:30

    Gurbanguli Berdimuhamedov g‘alla yetishtirishni kamaytirib paxtaga ko‘proq e’tibor qaratishni buyurdi

    22.11.2019, 23:41

    Turkiya IShIDning ashaddiy terrorchisi qo‘lga olinganini ma’lum qildi

    22.11.2019, 22:56

    Ilon Mask Tesla birinchi elektromobil pikapini namoyish qildi (foto+video)

    22.11.2019, 21:34

    Pokiston TAPI quvuri qurilishi boshlanishidan avval turkman gazi narxini tushirishni talab qilmoqda

    22.11.2019, 19:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryodagi masjid AQSH granti ko‘magida restavratsiya qilindi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 12:16

    O‘smirligida masxara qilingan, depressiyadan qiynalgan, hatto joniga qasd qilishga uringan: ko‘p farzandli ona Anjelina Joli 50 yoshda

    Kino | 7 iyun, 11:43

    O‘zbekistonda uy-joylar asl narxidan 17 foiz qimmatligi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 11:16

    Tramp Germaniyaga rus gazi o‘rniga Amerikanikini taklif qildi

    Dunyo | 7 iyun, 11:05

    Bir soatga ham yetmaydi: atir ifori uzoq saqlanmasligiga 4 ta sabab

    Ayollar sahifasi | 7 iyun, 10:50

    Oston O‘runovning o‘rniga qaysi futbolchi yig‘inga jalb etilgani maʼlum qilindi

    Sport | 7 iyun, 10:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.